Tabiatshunoslik fani bo'yicha o'quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash

Tabiatshunoslik fani bo'yicha o'quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik fani bo'yicha o'quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslik fani bo'yicha o'quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash R e j a : 1. Bilimlarni tekshirishning o'zlashtirish yuqori bo'lishi uchun tutgan o'rni. 2. Bilim, o'quv va ko'nikmalarni baholash. 3. Tabiatshunoslikka oid daftar tutish va yurgizish. 4. O'quvchilar bilimini tekshirishdagi umum metodik talablar. Tayanch iboralar: o'quv, ko'nikma, bilim, takrorlash, tekshirish, baholash, yozma tekshirish, og'zaki tekshirish, umum metodik talablar. O'qituvchining o'qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o'quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o'qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o'rganish uchun tayanchdir. Tabiatshunoslik darslarida o'tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o'rganish jarayonida va uni o'rganishdan keyin, shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o'tkaziladi. Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: -ko'rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur xaritalar bo'yicha suhbat vaqtida, o'quvchilar tomonidan tajribalar o'tkazilayotganida; - masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; -qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir. Takrorlash turlaridan biri o'quvchilar bilimini og'zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfni umumiy so'rash yoki ayrim o'quvchilardan individual so'rash ko'rinishida o'tkaziladi. Umumiy so'rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko'proq sondagi o'quvchilarni jalb qilish va sinf e'tiborini ushlab turish imkoniyati bo'ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o'quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o'z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning uchun ham individual so'rash, ya'ni ayrim o'quvchining ravon hikoyasi so'rashning asosiy turi hisoblanadi. So'rash jarayonida o'qituvchi o'quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ularning o'rganilayotgan jonsiz tabiat obyektlari, o'simlik va hayvonlar to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarini qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash kerak bo'ladi. Shunga ko'ra materialni faqat og'zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o'quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o'z hikoyalarini o'qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o'quv qurollarini ko'rsatish bilan birga olib borsinlar. Alohida o'quvchidan so'rashning butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e'tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e'tiborini faollashtirish uchun savolni butun sinfga berish, keyin tayinli o'quvchini javobga chiqarish lozim. Bu barcha o'quvchilar diqqatlarini to'plashga va materialni xotirada tiklashga majbur qiladi. Bundan tashqari javob beruvchi o'quvchi yo'l qo'ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to'ldirish va qo'shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni kuzatib borishni taklif qilish kerak. O'qituvchi javob berayotgan o'quvchiga e'tibor berish bilan birga butun sinfni o'z nazorati ostida ushlab turmog'i lozim. O'quvchilar e'tiborini bo'shashganligini o'z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga