Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi va rivojlanishi

Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi va rivojlanishi R e j a : Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining yaratilish tarixi. Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar. Tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyolik olimlarning xizmatlari (Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Dinavariy va boshqalar misolida). Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining O'zbekistonda rivojlantirilishi (Qori Niyoziy, Belskaya, Grigoryans ishlari). Tayanch iboralar: fanning tarixi, metodist olimlar, olimlarning ilmiy asrlari, mutafakkir olimlarning ilg'or g'oyalari,tabiatshunoslikka doir adabiyotlar. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining rivojlanish tarixi. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi tabiatshunoslikning o'quv fani sifatida rivojlanishi bilan bog'liq holda o'zining tarixiga ega. Birinchi metodist deb, F. Zuyevni (1754-1794) hisoblash mumkin, u xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o'qituvchilar seminarida ma'ruzalar o'qidi. 1786 yili F. Zuyev Tabiiyot tarixining ko'rgazmalari nomli darslikni nashr qildi, unda tabiiyotni o'rganish izchilligi; qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida tabiiyotga asos soldi. XIX asr o'rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarni ifodalovchilardan biri K. D. Ushinskiy (1824-1870) bo'ldi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishda eng samarali metod sifatida ajratdi. K.D. Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini o'rganish bilan boshlashni taklif qildi, bunda kitobni o'qish yoki o'qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlari yordamida tekshira olsin. K.D. Ushinskiy ta'kidladiki, o'z joyi tabiatini o'rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki ular kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. Bolalar dunyosi kitobida bolalarni nutq rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o'rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko'rsatib berdi. Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalarga asoslanib tabiiyot o'qitish tizimini birinchi bo'lib A.Ya. Gerd (1841 - 188) taklif qildi. U ta'kidladiki, ko'rgazmali o'qitish bola idrokining aniq holatiga muvofiq bo'lishi kerak. Gerd shunday tizimni bunyodga keltirdiki, unda tabiiyotni o'rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. U Tabiiyot qisqa kursi nomli darslik, shuningdek Yer, havo, suv nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga oid Boshlang'ich maktabda predmetli darslar nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi. 1917 yildayoq A.Ya.Gerdning Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot nomli kitobi nashr etildi, unda muallif tabiiyotni boshlang'ich maktabda maxsus fan sifatida o'qitish zarurligini isbot qildi. Masalani bunday qo'yilishi tabiiyot bo'yicha tezda yangi dastur tuzishni talab qildi. 1919 yili tabiiyot bo'yicha taxminiy dastur tuzildi va tasdiqlandi. Unda ekskursiya va amaliy ishlarga katta e'tibor berildi. M.N.Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganish bo'yicha mashg'ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. 1959 yildan boshlab, har yili 1-4 sinf o'quvchilari uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga