Tabiatshunoslikni o'qitishning amaliy metodlari

Tabiatshunoslikni o'qitishning amaliy metodlari

O'quvchilarga / Botanika
Tabiatshunoslikni o'qitishning amaliy metodlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslikni o'qitishning amaliy metodlari R e j a : 1. Amaliy metodlarning tabiatshunoslik darslarida qo'llanilishi. 2. Amaliy metodlarning turlari. 3. Tajriba - tabiatshunoslik o'qitishning amaliy uslubidir. 4. Jihozlar (kompas, termometr, yomg'ir o'lchagich, gnomon tayoqchasi va h.) bilan mustaqil ishlash metodikasi. Tayanch iboralar: tajriba, amaliy uslub, amaliy ish, amaliy mashg'ulot, ekskursiya, ekskursiyada amaliy ish, eksperimental. Tajriba - o'qitish metodi bo'lib, uning yordamida o'rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o'tkazishda o'quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo'lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi. Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular materialistik dunyoga qarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni mashqlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil tabiat jismlarining xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir. Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometrning simob ustuni haroratning o'zgarishiga qarab ko'tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini ko'rsatadi. Oddiy tajribalar o'quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o'quv-tajriba maydonchasida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o'qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat aniq bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta'riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir. Faraz qilaylik o'quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab kuzda sovib borish to'g'risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o'qituvchi tajriba o'tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog'oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O'quvchilar qog'oz tasmalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini tushuntirishlari kerak. O'quvchilar bu tajribaning yozda va kuzda quyosh nurlarining yer yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak. Tajribaning borishini kuzatib, o'quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin tobora pasayishi to'g'risida xulosalar chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyranib o'tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi. Materialni mustahkamlash uchun o'qituvchi namoyish qilgan va o'quvchilarning o'zlari o'tkazgan tajribalarning rasmini chizish yoki ularni ta'riflab yozish, ba'zi hollarda uni ham, buni ham qilish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi. Har qaysi tajribani boshlashdan oldin o'quvchilarga uning maqsadini, tajriba o'tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, tajribaning o'tkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish kerak. Misol sifatida Ko'p yillik manzarali va piyozli sabzavot o'simliklarni ekishda gullash muddati va mo'lligiga ta'siri mavzusidagi tajribani (4- sinf) keltiramiz. Tirik tabiat burchagi yoki o'quv-tajriba maydonchasida o'quvchilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.98 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.98 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga