Tabiatshunoslikni o'qitishning ko'rgazmali metodlari R e j a : 1. Ko'rgazmali metodlarning tabiatshunoslik darslaridagi ahamiyati. 2. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. 3.Suratlar bilan ishlash metodikasi 4. Kuzatish turlari: qisqa muddatli kuzatishlar va uzoq muddatli kuzatishlar. 5. Kuzatish kundaligi bilan ishlash metodikasi. Tayanch iboralar: ko'rgazmali metod, tabiiy jism, suratlar bilan ishlash, kuzatish, qisqa muddatli kuzatish, uzoq muddatli kuzatish. Ko'rgazmali metodlarning tabiatshunoslik darslaridagi ahamiyati. Tabiatshunoslikni o'qitishda ko'rgazmali uslubdan foydalanish bolalarda aniq faktik bilimlarning to'planib borishiga yordam beradi. Ko'rgazmali metodni umumpedagogik tamoil, ko'rgazmallilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo'llaniladi. Ko'rgazmalilik o'quvchilarning nutqi va tafakkuri nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash)da katta ahamiyatga ega. To'g'ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Tabiatshunoslik darslarda qo'llaniladigan ko'rgazma vositalariga (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistimalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) va boshqalar kiradi. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlardan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi. Tabiiy ko'rgazmali qurollarga - o'simliklar tirik namunalari barcha organlari bilan, tayyor gerbariylar, urug'lar to'plami, fiksasiyalangan (ho'l) pereparatlar, guldastalar, hayvonot olamining tirik namunalari, skelet va tulumlar, hasharotlar kolleksiyasi, qushlarning tuxumlari va uyalari, loy, qum, daryo toshlari, shag'al, suv, qushlarning pati, minerallar kabilar kiradi. Bular jonli va jonsiz tabiat jismlariga bo'linadi. Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish va tam bilishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish qiladi. Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, poliz ekinlari, pomidor (o'simlik bargi, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va h) shunday ko'rsatilishi mumkin. Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu tasavvurlar ancha to'liq va ravshan bo'ladi. Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o'qituvchi o'quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta-kichikligi, shakli, rangi, jonli bo'lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida, shuningdek, boshqa narsalarga o'xshashligi va ulardan farqiga oid yo'naltiruvchi savollar qo'yadi. Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiatshunoslikni o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina ob'ekt va hodisalar to'g'risida ma'lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar yaxshi surat ko'rsatilmasa, yetarli to'liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko'rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlarni hosil qilish mumkin. Tasviriy ко'rgazmali qurollarga-jadvallar, suratlar, sxemalar, qismli rasmlar, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.2 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.2 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: docx