Tariqsimon don ekinlari. Reja. 1. Tariqning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 2. Makkajo'xori xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 3. Oq jo'xori xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 4. Sholi xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan g'alla ekinlar (tariqsimonlar va boshqa oilalardan bo'lgan o'simliklar). Bu guruppaga: a) g'allagullilar oilasiga kiruvchi tariqsimon o'simliklar: tariq, sholi, makkajo'xori, oq jo'xori va grupa beruvchi ekin-grechixagullilar oilasidan bo'lgan grechixa o'simligi kiradi. Bularning farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan egatcha bo'lmaydi , bitta ildizcha bilan o'sib chiqadi: to'pgulli ro'vak yoki so'ta (makkajo'xorida) ; boshoqlarning pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi odatda, po'kak bilan to'lgan. Bahori, issiqtalab, qisqa kun o'simliklari bo'lib, bular birinchi gruppaning tipik g'alla ekinlariga qaraganda qurg'oqchilikka anchagina chidamli. (sholisidan boshqasi) bo'ladi. Tariq Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Tariq qadimdan ekib kelinadigan ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo bo'yicha 36,2 mln|ga yerga ekiladi va o'rtacha hosildorligi 7,5 ts|ga ni tashkil etadi. Uning doni yorma bo'ladigan eng muhim ekinlardan biri hisoblanadi. Ta'mi va oziq-ovqatlik qiymati jihatidan tariq yormasi boshqa yormalar ichida birinchi o'rinda turadi. Tariq yormasi tarkibida oqsil va yog'ni ko'p bo'lishi, oson pishishi va yengil hazm bo'lishi bilan farq qiladi. Tariqni yorma olish uchun qayta ishlashdan chiqadigan don va chiqindi chorva mollari va parrandalar uchun to'yimli oziq hisoblanadi. Tariq somoni (0,51 oziq birligiga teng) va to'poni ham (0,42 oziq birligiga teng) yuqori oziqlik qiymatiga ega. Tariq qurg'oqchilikka va issiqqa eng chidamli ekin bo'lganligi tufayli qurg'oqchil hududlarda ekish uchun juda qo'l keladi. Botanik xususiyatlari. Tariq qo'ng'irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub o'simlik hisoblanadi va ikkita avlodga bo'linadi. Oddiy tariq (Panicum miliacum) va boshsimon (Setaria italica) tariq. Ildizi popuk ildiz bo'lib 1-1,5m chuqurlikka kirib boradi va 1m eniga qarab tarqalib o'sadi. Poyasi ichi kovak somon poyadan iborat bo'lib beshta bo'g'im oraliqlariga ega. Ularni uzunligi 15-40 mm gacha bo'ladi. Poyasi tukli, yaxshi tuplanadi va shoxlanadi. Tariqning poyasi tik o'sadi, bo'yi 75-100 sm bo'lib u to'planish bo'g'imidan va yer usti poyasi bo'g'imlaridan novda chiqaradi. Har bir tup o'simligida 5 tagacha, oziqlanish maydoni katta bo'lganda 20 tagacha poya shakllanadi. Bargi oddiy, tukli, barg uzunligi 18-65 sm. Tariqning to'pguli ro'vak, ko'k itqo'noqniki boshoqsimon ro'vak bo'ladi. Itqo'noq turkumi Xitoy tarig'i deb ham ataladi. To'pguli uzunligi 15-25 sm keladigan sershoh (10-40 ta va undan ham ko'p) ro'vakdan iborat. Har qaysi shohchasining uchida bittadan boshoqcha joylashadi. Uchta boshoqcha qobig'i bor: ikkitasi gulni ikki tomondan ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.99 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.99 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc