Tirik tabiat burchagini jihozlash

Tirik tabiat burchagini jihozlash

O'quvchilarga / Botanika
Tirik tabiat burchagini jihozlash - rasmi

Material tavsifi

Geografiya maydonchasi, o'quv- tajriba maydonchasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg'ulotlarni tashkil qilish R e j a : 1. Geografiya maydonchasi tashkil qilishning amaliy ahamiyati. 2. Geografiya maydonchasi jihozlari. 3.O'quv-tajriba maydonchasining o'quvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarni egallashdagi o'rni. 4. O'quv-tajriba maydonchasida bajariladigan amaliy ishlar turlari va metodikasi. Tayanch iboralar: geografiya maydonchasi, o'quv-tajriba maydonchasi, gnomon, flyuger, quyosh soati. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi maktaboldi maydonchasida jihozlangan geografiya maydonchasida o'tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning turishini sistemali kuzatib borish, joyda orientirlash, masofani o'lchash ishlarini o'tkazish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan bog'langan topshiriqlarni bajarish mumkin. Geografiya maydonchasini qurish uchun o'lchami taxminan 10 m 2 keladigan ochiq joy shunday tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmasin. Maydoncha tekislanadi, qum sepiladi va atrofi o'raladi. Geografiya maydonchasi o'quv-tajriba maydonchasining yonida joylashgani ma'qul. Tabiatshunoslik darslarini o'tish uchun maydonchada ushbu jihozlar bo'lishi zarur: O'lchovchi-devor. Buning uchun o'ramning har bir metri oralab har xil bo'yoqlar bilan bo'yalgan bir tomonidan foydalaniladi. Devorning balandligi -1 m. O'lchovchi-devor bo'ylab yo'lcha qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun, jumladan Reja va xarita mavzusini o'tishda foydalaniladi. Balandlikni o'lchovchi ustun, balandligi 10 m., har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U balandlikni taqqoslash uchun, shuningdek fazoviy va o'lchash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ustunning uchiga flyuger o'rnatiladi. Flyuger shamol yo'nalishini aniqlovchi asbob. Uni o'quvchilarning o'zlari tunukadan yasashlari yoki do'kondan shamol kuchini aniqlash uchun shamol o'lchagich bilan birga sotib olishlari mumkin. Bo'y o'lchagich - bo'y o'lchash uchun yog'och asbob. Bo'y o'lchagichdan foydalanib o'quvchilar o'z bo'ylarini o'lchaydilar va boshqa narsalarning balandligi bilan tahqoslaydilar. Bunda ko'z chamasi rivojlanadi. Kvadrat metr uzunligi 1 m keladigan reyka o'zaro biriktirilishidan hosil qilingan. Uni maydonchaga qo'yiladi va ichiga maydalangan g'ishtlar solinadi. U kvadrat metr to'g'risida ko'rgazmali tasvir beradi. Gnomon. Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, shuningdek ufq tomonlarining yo'nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, kunning yarmida soya shimolga yo'nalishini ko'rsatadi va qisqa bo'ladi, chunki Quyosh tikda (zenitda) turadi, erta bilan soya g'arbga, kechqurun esa sharqqa yo'nalgan bo'ladi. Har doim shimolga yo'nalishni bilish uchun kunning yarmida gnomon soyasi yog'li bo'yoq yoki g'isht parchasi bilan belgilab qo'yiladi. Rumbik halqa - ufq tomonlariga nisbatan o'zining turgan joyini aniqlash o'quvlarini hosil qilish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda uni g'isht yoki yog'ochlarni yarmigacha yerga kirgizib gnomon atrofiga teriladi. Doira - halqaning tashqi tomoniga ufq tomonlari nomlarining bosh harflari qo'yiladi. Yarim kun chizig'i bo'yicha shimol, qarshisida - janub, o'ng tomonida - sharq, chapda - g'arb hamda ular o'rtasidagi oraliq tomonlar - ShSH, ShG', JG', JSH ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.32 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga