Tolali ekinlar Reja. Tolali ekinlar to'g'risida ma'lumot. 2. G'o'zaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 3. Zig'irning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 4. Nashaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. 5.Kanopning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va me'yori. Tolali ekinlar asosan turli xil gazlama va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xomashyo olish uchun ekiladi. Tolali ekinlar botanik jihatidan har xil oila va turlarga mansub bo'lib, quyidagi uch guruhga bo'linadi. 1.Urug'ida va mevasi tola hosil qiladigan o'simliklar. Urug'ida tola hosil qiladigan o'simliklarga g'o'za va mevasida tola hosil qiladigan o'simliklarga kokos palmasining mevasi kiradi. 2. Poyasida tola hosil qiladigan o'simliklar. Bu guruhga zig'ir, nasha, kanop, jut, rami, kendir va boshqalar kiradi. 3. Bargida tola hosil qiladigan o'simliklar. Bu guruhga yangi Zelandiya zig'iri, tolali banan, agava, yukka va boshqalar kiradi. Respublikamizda asosan tolali ekinlardan g'o'za, zig'ir va kanop .ekiladi. Xalq xo'jaligida o'simlik tolasining ahamiyati juda katta. Eng ko'p ishlatiladigani paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o'simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag'al bo'lganligi sabab, undan uy jihozlarida ishlatiladigan dag'al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o'xshash mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari bu o'simliklar urug'ining tarkibida 18-42 % gacha moy bo'ladi. O'simlik moyi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda, texnikada, lak-bo'yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. G'o'za Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. G'o'za - bizning Respublikamizda ekiladigan eng asosiy tolali ekinlardan biri hisoblanadi va to'qimachilik sanoatini qimmatli tola bilan ta'minlaydi. Paxta tolasidan satin, chit, trikotaj, ip va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Podpushka yoki lintasidan qog'ozning eng yaxshi navlari, gigroskopik paxta, kinoplyonka, sun'iy teri tayyorlashda ishlatiladi. Bioorganika insitutining olimlari tomonidan g'o'za o'simligini chanog'idan pektin moddasi sintez qilindi. Bu pektin moddasi qandolat sanoatida marmelad va shokaladlarga qo'shiladi. 1 ts paxtadan 30-35 kg tola va 60-65 kg urug' olinadi. 1 kg paxta tolasidan esa 20 m chit yoki 150 ta g'altak ip tayyorlanadi. Urug'ida 18 dan 27% gacha yog' bo'ladi, u oziq-ovqat sanoatida, margarin, konservalar va sovun pishirishda ishlatiladi. Paxta kunjarasi 38-40% oqsil tutadi, mollar uchun eng yaxshi yem hisoblanadi va o'g'it sifatida ishlatiladi. Lekin 1 sutkada 2,5-3 kg dan ortiq berib bo'lmaydi, chunki tarkibida gossipol degan zaharli modda bo'ladi. Chigitni po'stlog'i qog'oz tayyorlashda, izolatsion materiallar, etil va metil spirti tayyorlashda, maydalangan holda yem va o'g'it sifatida ishlatiladi. Poyasi va bargidan organik kislotalar olinadi. Umuman olganda, paxtadan 200 dan ortiq buyumlar tayyorlanar ekan. G'o'za qadimiy ekinlardan biri hisoblanib, ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.77 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.77 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: doc