Tolnamolar, qovoqnamolar, qovulnamolar, gazandanamolar qabilasi

Tolnamolar, qovoqnamolar, qovulnamolar, gazandanamolar qabilasi

O'quvchilarga / Botanika
Tolnamolar, qovoqnamolar, qovulnamolar, gazandanamolar qabilasi - rasmi

Material tavsifi

Gazandanamolar qabilasi Gazandanamolar (Urticales) qabilasi Qabilaga 5 ta oila kiradi. Ular hayotiy shakllari jihatdan daraxt, buta va o'tlardan iborat. Barglari oddiy, ketma-ket va qarama-qarshi joylashgan. Gullari ko'rimsiz, ayrim jinsli, oddiy qo'rg'onli - gulkosachasimon, gulqo'rg'on bo'laklari 0-4-6 ta, ba'zan gulqo'g'onsiz. Changchisi 4-6 ta, urug'chisi 1-2 mevachi bargdan iborat, tugunchasi ustki. Mevasi danakcha. Bu qabila vakillari buknamolar qabilasidan ancha ustun turadi. Masalan: gazandanamolarda tuguncha ustki, buknamolarda esa tuguncha ostki. Kuyida qabilaning ayrim yirik oilalariga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Anjir va uning xususiyati Anjir tutdoshlar oilasiga kiruvchi subtropik daraxt hisoblanadi. Mevalari yong'oqsimon shaklda sariq yoki siyohrang-qora rangda bo'ladi. Mevalari pishganida diametri 5 sm, uzunligi 8 sm va og'irligi 30-70 grammni tashkil etib, mazasi juda shirin yoki nordon-shirin bo'ladi. Anjirning foydali va shifobahsh xususiyatlari undan xalq tabobatida keng foydalanish imkonini beradi. Yangi uzilgan anjir mevasining kimyoviy tarkibi (foizlarda): suv - 83, qandlar -11,6 (asosan glyukoza va fruktoza, saxaroza juda kam miqdorda), oqsillar - 0,7, biriktiruvchi to'qimalar - 2,5, pektin moddalari - 5,4, organik kislotalar - 0,5 (limon, olma va sirka kislotalari), A, C, B1, B2 vita'minlari. Unda ko'plab mikroelementlar mavjud: natriy (18 mg%), kaliy (190 mg%), temir (3,2 mg%) va boshqalar. NASHADOSHLAR (CANNABINACEAE) OILASI Bu oilada sut shirasiz, tikka yoki chirmashib o'suvchi ikki uyli, bir jinsli ut o'simliklar kiradi. Barglari panjasimon, yon bargchali. Gullari mayda, kurimsiz, bir jinsli, changchi guli ruvaksimon tupgulda joylashgan, changchisi 5 ta, urug'chisi 2 mevachi bargdan iborat. Gulqurg'oni rangsiz. Meva yongokcha. O'zbyokistonda tabiiy va madaniy holda 2 turkum vakillari o'sadi. TUTDOSHLAR (MARACEAE) OILASI. Bu oilaga doim yashil yoki bargini to'quvchi sut shirali daraxt, buta va ut o'simliklar kiradi. Ularning barglari ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashadi. Barglari butun, uyilgan yoki kaychibarg. Tupgullari kallaksimon yoki boshoqsimon bo'lib, barg qo'ltig'ida joylashgan. Gullari ayrim jinsli, changchisi 4 ta, urug'chisi 1 yoki 2 ta mevachi bargdan iborat. Mevasi yongokcha yoki soxta danakcha. Bu oilaga 53 turkumga mansub 1400 tur kiradi. O'zbyokistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi bor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 4.07 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 4.07 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga