Tuganak mevali ekinlar Reja. 1.Tuganak mevali ekinlar to'g'risida ma'lumot. 2. Kartoshkaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 3. Kartoshkaning botanikva biologik xususiyatlari. 4. Kartoshkaning ekish muddatlari usullari va me'yori. Bu guruhga har xil tur va oilaga mansub tuganak meva hosil qiladigan o'simliklar kiradi. Tuganakmevalilar oziq-ovqat sanoatida, yem-xashak tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar bo'lganligi sababli almashlab ekishda katta ahamiyatga ega. Jahonda tuganakmevali o'simliklardan quyidagilar ekiladi: Kartoshka - Solanum tuberosum L. oilasi- Solanaceae Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael Topinambur - Helianthus tuberosus L. oilasi - Asteraceae va hoka'zolar. Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo'lgani bilan ularning tuganakmevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning barchasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardir. Jahonda tuganakmevali o'simliklar orasida eng ko'p tarqalgani kartoshka o'simligidir. Tuganakmevali ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-yer noki va batat (shirin kartoshka) ekiladi. Kartoshka Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kartoshka xalq xo'jaligida oziq-ovqat, yem-xashak, texnik ahamiyatga ega. Dunyo dehqonchiligida kartoshka sholi, bug'doy va makkajo'xori bilan bir qatorda yetakchi o'rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shu jumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0%, kletchatka-1,0, yog'-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalari bo'ladi. Kartoshka vitamin S va V guruh vita'minlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo'ladi. Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vita'minlar bo'lganligi uchun insonning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Shuning uchun u ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq Yevropacha ovqat tayyorlash mumkin. Kartoshkaning po'sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaharli modda-solanin (0,005-0,1%) bo'lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko'kargan (o'simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas. Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. Organik moddasining hazm bo'lishiga (83-97%) ko'ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha o'simliklar orasida birinchi o'rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug'latib, shuningdek, siloslangan holda mollarga beriladi. Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy ahamiyatga ham ega. U ko'pgina ekinlar-barcha don ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning ko'pgina hududlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g'alla ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.43 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.43 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:28 ]
Arxiv ichida: doc