Tugunakmevali ekinlarning biologiyasi

Tugunakmevali ekinlarning biologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Tugunakmevali ekinlarning biologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Tugunakmevali ekinlarning biologiyasi. Reja: 1. Tuganakmevalilar ahamiyati 2. Kartoshka - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi 3. Kartoshka biologiyasi va navlari 4. Kartoshka yetishtirish texnologiyasi Bu guruhga har xil botanik oila va turlarga mansub tuganakmeva hosil qiladigan o'simliklar kiradi. Tuganakmevalilar tarkibida 65-84% quruq modda bo'ladi. quruq moddaning tarkibida kraxmal, qand, inulin mavjud. 1.Tuganakmevali ekinlarning kimyoviy tarkibi, (%) Tuganakmevalilar oziq-ovqatda, yem-xashak va texnikada xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar yer osti poyalarida yoki ildizlarda 5-20sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevali qator orasiga ishlov beoriladigan ekinlar bo'lganligi uchun almashlab ekishda ahamiyati katta. yer yuzida tuganakmevali o'simliklardan quyidagilar ekiladi: -Kartoshka -Solahum tuberosum L- oilasi-Solahaceae -Batat -Ipomaea batatus Lam - oilasi - Asteraceae Maniok Mahi Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo'lgani bilan ularning tuganakmevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shuning uchun yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi har bir - biriga yaqin, hammasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar. yer yuzida tugnakmevali o'simliklar orasida eng ko'p tarqalgani kartoshka o'simligi. Tropik va subtropik iqlim sharoitida maniok, taro, batat, yams ko'proq ekiladi. Tuganakmevali ekinlardan O'zbekistonda asosan kartoshka qisman, topinambur va batat ekiladi. Kartoshkaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Kartoshka muhim oziq-ovqat, oziqbop texnik o'simlik bo'lib, o'simlikshunoslikda yetishtiriladigan barcha mahsulotlar qatorida eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. Kartoshka tuganagini oziq-ovqatda ko'p ishlatishga sabab-uning tarkibida inson organizmi yaxshi o'zlashtiradigan uglevodlar, oqsillar asosan, kraxmalning ko'pligi, S vitamini, mineral tuzlar, temir, kal'tsiy va boshqa moddalarning mavjudligidadir. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 % mgga yetadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84 % mgga suv bo'ladi. Tuganagi tarkibi 75 % suv va 25 % quruq moddadan iboratdir. quruq modda o'z navbatida 1 % mineral birikma, 1 % kletchatka, 1,2-3,0 % oqsil, 0,7 % aminokislota, kraxmal 14-22 %, qand - 0,9 % pektin moddalar 0,7 %, organik kislotalar - 0,2%, yog' - -,1 % va boshqa moddalar 1,5 % ni tashkil etadi. Tuganak tarkibida vita'minlardan : RR (0,57 mg,) V-1 (0,11 mg,) V-2 (0,06 mg,) V-6 (0,22 mg) mavjud bo'lib, S vitaminining esa eng ko'p miqdori 12 mg ni tashkil etadi va ayrim xolarda uning miqdori 40 mg ga yetadi. yetilmagan yosh tuganaklar bu vitaminga juda boydir. Kartoshka bargpoya va ko'k, ko'kimtir rangga ega bo'lgan tuganaklarida zaharli modda - glyukoalkaloid, solanin (1-20 mg%) moddasi hosil bo'ladi. bu zaharli modda ta'siri uni pishirsh vaqtida qisman yo'qotiladi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatiga ega. SHaning uchun u don mahsulotlaridan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. SHu bilan birga chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, siloslangan yoki bug'langan, palagi esa yangiligicha va siloslangan holda beriladi. Bundan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 257.66 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 257.66 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga