Urug'larni unuvchanligi va unib chiqish muddatini aniqlash Muddatini aniqlash. Ekish maqsadida tayyorlangan bir xil urug'lar tozalangandan va saralangandan keyin partiyalarga shakllantiriladi, ularga pasport tuziladi va maxsus kitobda qayd qilinadi. Urug'lardan namuna olish, ularning ekish sifatlarini aniqlash va sifati haqida hujjatlar berish maxsus standartlar asosida amalga oshiriladi. Bir xil urug'lar deb, bir xil turdan kelib chiqqan, bir xil sharoitda o'sayotgan daraxtzorlardan yig'ib-terib olish vaqti va usuli, qayta ishlash, saqlash sharoiti, o'rmonchilik qiymati, rangi, hidi, namlik va shikastlanganlik darajasi bir xil bo'lgan urug'lar partiyasi hisoblanadi. Urug'lar partiyasining har biriga pasport va etiketka tuziladi. Urug'lar partiyasining maksimal og'irligi turli daraxtlar uchun turlicha va 30 kg dan 500 kg gacha bo'ladi.Urug'lar partiyasi va undan tanlab olingan o'rtacha namuna og'irligi Navi Partiyasining maksimal og'irligi, kg O'rtacha namuna og'irligi, g Navi Partiyasining Maksimal og'irligi, kg O'rtacha namuna og'irligi, g Saur archa 100 100 O'rik 500 2500 Qora archa 100 200 Kashtan 200 600 O'rik archa 100 200 Yong'oq 100 5500 Qrim qarag'ayi 100 200 Gilos 400 500 Oq akatsiya 100 150 Olma 100 150 Eman 500 2500 Qayrag'och 100 75 Tikan daraxti 400 500 Qush-jiyda 200 500 Urug'larning ekish sifati ular partiyasidan o'rtacha namuna olib aniqlanadi. O'rtacha namunani o'rmonchilar, o'rmon yordamchisi, muhandislar, agronomlar va boshqa xo'jalik mutaxassislari, namuna olish uchun tayinlangan vakillar o'rmon urug'lari stansiyasida tegishli yo'riqnomadan o'tgandan keyin ajratib oladi. O'rtacha namuna urug'lar partiyasi shakllantirilgandan keyin 10 kun muddat ichida ajratib olinadi. O'rtacha namuna olish bitta qabuldagi partiya urug'laridan kichik miqdordagi urug'larni tanlab olish bilan boshlanadi. Urug'larning birlamchi namunalaridan bir qismi, ya'ni laboratoriya tahlili uchun ajratilgan qismi o'rtacha namuna hisoblanadi. Ajratilgan urug' namunalari qo'lda yoki shup bilan tanlab olinadi. Uyulgan holda saqlanuvchi mayda va o'rtacha kattalikdagi urug'lar partiyasidan shup bilan (konusli yoki silindrli) yoki qo'lda yuqori, o'rta va pastki qatlamlardan 5 donadan 15 ta urug' namunalari ajratib olinadi. Yuqori qatlamdan ajratilgan urug'lar -10 sm chuqurlikdan, o'rta qatlamdan - uyum balandligining teng yarmidan, pastki qatlamdan yerdan olinadi. Yirik urug'lar partiyasidan (yong'oqmevalilar, mevali, danakli va boshqa navlar) qo'lda 30 tadan kam bo'lmagan namunalar ajratiladi. Himoya qoplarida saqlanuvchi sochiladigan urug'lardan ajratmalar qopli shup bilan olinadi. Qopdagi teshiklarni darhol tikib qo'yish kerak. Himoyalanmagan qoplardan ajratmalar qo'l bilan, silindrli yoki konusli shup bilan olinadi. O'nta qopgacha bo'lgan urug' partiyasining har bir qopidan kamida uchta ajratma yuqori, o'rta va pastki qatlamlaridan bittadan olinadi. Agar urug' partiyasi 10 ta yoki undan ortiq qopdan iborat bo'lsa, har biridan kamida ikkita ajratma olinadi (ularni olish joyi almashtirib turiladi). Sochiladigan urug'lar shisha butulkalarda, polietilen ballonlarda ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: doc