Yopiq urug'li o'simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o'simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko'knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho'radoshlar va grechixadoshlar oilalari. Reja: 1. Yopiq urug'lilar tasnifi. 2. Bir va ikki pallali o'simliklar. 3. Ikki pallalilar sinfi - Dicotyledones 4. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi. 5. Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi. 6. Ko'knoriguldoshlar oilasi tasnifi. 7. SHo'radoshlar oilasi tasnifi. 8. Chinniguldoshlar oilasi tasnifi. 9. Grechixadoshlar oilasi tasnifi. 10. Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae 11. Piyozguldoshlar oilasi tasnifi. 12. Marvaridguldoshlar oilasi tasnifi. 13. Bardidoshlar oilasi tasnifi. 14. Boshoqdoshlar oilasi tasnifi. YOPIQ URUG'LILAR - HOZIR YER YUZIDAGI BARCHA O'SIM- LIKLAR ORASIDA USTUNLIK QILAYOTGAN ENG KATTA BO'LIMDIR. Ular bir qancha belgilari bilan o'simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi. 1. Yopiq urug'lilarning urug'i meva ichida bo'ladi, shuning uchun ham bu o'simliklar Yopiq urug'lilar deb ataladi. 2. Bularning changchi va urug'chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi. 3. Changlanishi hamda urug' va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. 4. Bulardan qo'sh urug'lanish sodir bo'ladi va natijada faqat mo'rtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi. 5. Yopiq urug'lilarning urug'ko'rtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug'i mevabarglar ichida yetiladi. 6. Yopiq urug'lilar boshqa o'simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug'lilar urug'ko'rtagining meva qobig'i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o'ziga xos belgilari ularning o'zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o'simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o'simlik ekanligini ifodalaydi. Yopiq urug'li o'simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo'linadi. Bu sinflarning har birining o'ziga xos belgi xususiyatlari yig'indisi bilan xarakterlanadi. Ikki pallali o'simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: mo'rtagi ikki urug' pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo'lganligidan tanasi ikkilamchi yo'g'onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to'dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o'yiqli, barg tomirlari to'r shaklida bo'ladi. Gullari 5 bo'lakli tipda. Gul qo'rg'oni ko'pincha, qo'sh bo'ladi. Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o'simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o'simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi. hozirgi yopiq urug'lilardan ko'p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba'zi boshqa o'simliklar eng oddiy o'simlik hisoblanadi. Ko'p mevalilarning juda ko'p oddiy belgilari xos bo'lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o'rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko'p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug'-chilarining ko'pligi bu o'simliklar uchun ayniqsa xarakterli. Ko'p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae). Ko'p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o'z ichiga ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: docx