Yopiq urug'lilar-o'simliklar evolyutsiyasida eng yuksak taraqqiy etgandir. Reproduktiv organlarning paydo bo'lishi. Gul va to'p gullar. Reja: 1. Yopiq urug'li o'simliklarning kelib chiqishi. 2. Yopiq urug'li o'simliklarning xarakterli belgilari. 3. Yopiq urug'li o'simliklarning sinflari. 4. Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqidagi Vetshteyn va G. Galer nazariyalari. 5. Gulli o'simliklarning klassifikatsiyasi. 6. Gulning tuzilishi. 7. Gul qismlari. 8. Gulning urug'lanish va changlanishi. 9. Gul formulalari va diagrammasi. 10. To'pgullar tuzilishi. Gulli o'simliklar yoki yopiq urug'li o'simliklar, o'simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruhi bo'lib hozirgi geologik davrining xukmron o'simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko'pligi, kishilar va hayvonlar hayotida tutgan o'rni bilan o'simliklarning boshqa guruhlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug'li o'simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo'la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. Yopiq urug'li o'simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko'proq tushgan. Yalang'och urug'larning qurg'oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo'lgan. Ular o'rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muhitda, ya'ni qurg'oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug'lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o'simliklar guruhiga aylandi. Yopiq urug'lilar guruhiga 200 00 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug'lilardan 400 marta ko'proq ekanli-gini ko'rsatadi. Yalang'och urug'lilarning taxminan 500 turi ma'lum. Yopiq urug'li o'simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, hayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo'ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug'doy, sholi, jo'xori, kartoshka, mevalardan olma, o'rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o'simliklardan g'o'za, zig'ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o'simliklar yopiq urug'li o'simliklarning vakillaridir. Yopiq urug'li o'simliklarning ko'payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg'oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug'li o'simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo'lsa, yopiq urug'li o'simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud. Yopiq urug'lilar anatomik tuzilishi ham yalang'och o'sim-liklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo'ladi. Bu o'simliklar ildizdan suvni onsonroq so'rishga va bug'latishga yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug'lilar quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. 1. Yopiq urug'li o'simliklarning urug'i meva ichida bo'ladi, shuning uchun ham ular Yopiq urug'li o'simliklardeb ataladi. 2. Ularda otalik hamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo'ladi. Ba'zi istisno e'tiborga olinmaganda, ularda gulqo'rg'on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda bo'ladi. 3. Gullarning changlanishini va urug' hamda mevalarning tarqalishi har xil yo'llar bilan boradi, ya'ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Yopiq ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.71 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.71 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: docx