Yorug'lik, harorat, havo va suvga nisbatan o'simliklarning ekologik tiplari

Yorug'lik, harorat, havo va suvga nisbatan o'simliklarning ekologik tiplari

O'quvchilarga / Botanika
Yorug'lik, harorat, havo va suvga nisbatan o'simliklarning ekologik tiplari - rasmi

Material tavsifi

Yorug'lik, harorat, havo va suvga nisbatan o'simliklarning ekologik tiplari Reja: Iqlim omillari haqida tushincha. Yorug'lik omillarining o'simliklarga ta'siri. Harorat omilining o'simliklar hayotida ahamiyati. Havo omilining o'simliklar hayotidagi roli. Suv omilining o'simliklarga ta'siri. 1. Iqlim omillari yer yuzida o'simliklarning geografik taksimlanishida muhim rol o'ynaydi. Bunga asosiy sabab quyosh radiatsiyasining yer yuzi bo'ylab turlicha taqsimlanishidir. Natijada ekvatordan shimolga borgan sari o'ziga xos tabiat zonalarining hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Materiklarning dengiz bilan o'ralganligi va ularning turli masofada joylanishi ham ularda o'ziga xos iqlimni hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Iqlim omillariga yorug'lik, issiqlik, suv va havo kiradi. 2. Yorug'lik omili. Barcha yashil o'simliklar rivojlanishi uchun yorug'lik zarurdir. Yorug'lik avvalo fotosintez jarayoni uchun zarurdir. Bu jarayonning jadalligi suv bug'latish, oziqlanish, nafas olish jarayonini muntazam amalga oshishini ta'minlaydi. Yorug'lik o'simlikning ichki va tashqi tuzilishiga ta'sir qiladi. Yorug'lik kuchsiz bo'lgan joyda o'suvchi o'simliklarning tanasi ingichka, bo'g'im oraliqlari uzun, sarg'ish yoki och yashil rangda bo'ladi, barg va poyada maxanik to'qimalar yaxshi rivojlanmaydi. Yorug'likka bo'lgan munosabatiga ko'ra o'simliklar ikki guruhga bo'linadi. 1. Yorug'sevar o'simliklar. 2. Soyasevar o'simliklar. O'rmon zonasidagi keng bargli daraxtlarga va ninabargli qarag'ayga qancha yorug'lik ko'p tushsa ularda hayot jarayoni shuncha tez amalga oshadi. Bu daraxtlar orasida o'suvchi paporotniklar va grujankalar yorug'likni juda kam talab qiladi hatto yorug'lik ko'payib ketsa ular qurib qoladi. Yorug'likning ta'sirchanlik doirasi yer yuzining turli nuqtasida turlichadir. Masalan: ekvatorda kun va tun 2 marta teng bo'lsa, qutublarda kunlar oylab davom etadi. Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olib o'simliklar 2 guruhga bo'linadi. 1. Uzun kunli o'simlilkar. 2. Qisqa kunli o'simliklar. Qisqa kunli o'simliklarga tropik, subtropik va cho'l zonasi o'simliklari kiradi. Masalan soya, sholi, tamaki, g'o'za, makkajo'xori, tariq, bodiring, qovoq kabilar. Uzun kunli o'simliklar arpa, suli, zig'ir javdar kabilardir. Uzun kunli o'simliklar janubga, qisqa kunli o'simliklar shimolga olib borib o'stirilsa gullamaydi va meva hosil qilmaydi. Shimoliy hududlarda issiqxonalarida sabzavot ekinlari etishtirilmoqda. 3. Harorat omillari. Yer sharining quyosh radiatsiyasini turli miqdorda qabul qilishi ekvatordan qutblarga borgan sari o'simlik qoplamini o'zgarib borishiga sabab bo'ladi. Bunnig asosiy sababi ekvatordan shimolga borgan sari har 100 km masofada havo haroratini 0,50 - 0,6 0 ga pasayib borishidir. Natijada yer sharida quyidagi 6 ta iqlim zonasini hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. 1. Arktik zona, 2. Tundra zonasi, 3. O'rmon zonasi, 4. Dasht zonasi, 5. Subtropik zona, 6. Tropiik zona. Issiqlikning o'zgarishi yer yuzining tog'lik qismida ham iqlimni o'zgarishiga sabab bo'ladi. Dengiz satxidan har 100 m ga ko'tarilgan sari havo temperaturasi 0,5 - 0,60 ga pasayib boradi. Natijada tog'larda vertikal zonallanishni hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Masalan: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.66 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.66 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga