Zamburug'lar, lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi

Zamburug'lar, lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Zamburug'lar, lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

zamburug''lar, lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi Reja: zamburug''lar haqida tushuncha. zamburug''larning klassifikatsiyasi. zamburug''larning ahamiyati. Lishayniklar haqida tushuncha. Lishayniklarning klassifikatsiyasi 1. Tuban o'simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo'lgan juda ko'p turi zamburug''lar deb ataladi. Ular o'z ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi. zamburug''lar tallofit o'simliklardir, chunki ular ham xech qachon suvo'tlari singari haqiqiy to'qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo'linmaydi. Ularning ko'pchiligi mikroskopik mayda bo'lib, nonda mug'or, o'simlik barglarida zangsimon dog'lar va shunga o'xshash shakllarda ham ko'rinadi. zamburug'' tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko'p ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar to'planib mitseliy hosil qilganini ko'ramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir hujayrali yoki ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. zamburug'' bazi turlarining gifalari tinim holat iga o'tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerotsiy deb ataladigan o'ziga xos tuganak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug''lar, ular yumaloq yoki ellipis shakildagi alohida - alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug''lari. hujayrasi qobig'ining ximiyaviy tarkibi bir xil emas. Po'st xech qachon tsellyulozali bo'lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo'ladi. Ularda bir nechta yadro bo'ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o'rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko'payish funktsyasini bajaradi.Parazit zamburug''larda - gaustoriya hosil bo'ladi. zamburug''lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko'payadi. Vegetativ ko'payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo'ladigan ovalsimon hujayralar yordamida ro'y beradi. Achitqi zamburug''i -ko'rtaqlanish yo'li bilan ko'payadi. zamburug''lar asosan sporalar yordamida ko'payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo'ladi. zamburug''larda jinsiy ko'payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro'y beradi. Tanasining tuzilishi va ko'payish xususiyatlariga qarab, zamburug''lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo'linadi. 1. Arximitsetlar yoki xitridiomitsetlar sinfi. 2. Oomitsetlar. 3. Zigomitsetlar (bular tuban zamburug''lar) 4. Xaltachali zamburug''lar yoki askomitsetlar 5. Bazidieli zamburug''lar yoki bazidiyamitsetlar (bular yuksak zamburug''lar). 6. Takomillashmagan zamburug''lar. 1. Arximitsetlar sinfi - tanasi yalong'och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko'payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo'g'izini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko'rashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak. 2. Oomitsetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo'lingan bo'ladi. Masalan: Fitoftora zamburug''i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo'ng'ir dog'lar hosil bo'ladi. 3. Zigomitsetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go'ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksimon g'ubor shaklda paydo bo'ladi. (Mog'or zamburug''i). 4. Xaltachali zamburug''lar - bularda hosil bo'lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil bo'ladi. Ular unshudring, o'simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish jarayonida ishtirok etadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg'aytirib bujmaytirib yuboradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga