О'simliklar jamoasi haqida umumiy tushuncha. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar; Reja: 1. O'simliklar qоplami. Fitоsеnоz strukturasi va dinamikasi va uni ifоdalash usullari. 2. Ekоlоgik guruhlar va hayotiy shakllar haqida tushuncha. 3. Gulli o'simliklar оntоgеnеzi haqida tushuncha. Fitotsenozlarning tuzilishi; Flora va o'simlik qoplami to'g'risida tushuncha. O'simliklar qoplamini o'rganishda va tavsiflashda ikkita muhim tushunchani, ya'ni flora va o'simliklar qoplamining farqini bilish zarur. Ma'lum mamlakat yoki hududda tarqalgan o'simlik turlarining majmuasi yoki ro'yxatiga flora deb ataladi. Masalan, Zarafshon vodiysining florasi yoki Buxoro viloyatining florasi, O'zbekiston florasi va boshqalar. Muayyan hududning florasi deganda asosan yovvoyi holda o'sadigan o'simliklar turlari tushuniladi. Bir hudud florasi boshqa hudud florasidan hrq qiladi. Buning asosiy sababi orografiya, iqlim va tuproq hamda o'simlik turlarining kelib chiqishi bilan bog'liq. Yer kurrasi maydonlarida uchraydigan o'simlik turlarining soni 500 mingga yaqin. O'zbekiston o'simliklarga boy o'lka, so'nggi ma'Iumotlarga ko'ra unda 4500 ga yaqin yuksak o'simlik turlari o'sadi. O'simlik qoplami deganda Yer yuzining turli hududlaridagi har xil muhitlarda o'sayotgan o'simliklar guruhi (fitotsenozi) tushuniladi. O'simlik qoplami tushunchasi keng va tor ma'nolarda bo'lishi mumkin. Masaian, keng ma' noda aytilgan arch azorlardan iborat o'simliklar qoplami o'z navbatida qora archazor (J. seravschanica), o'rik archazor (J. turkestanica) va saur archazor (J. semiglobosa)lardan iborat tor (kichik) ma'nodagi guruhlarni bildiradi. Fitotsenoz belgilari. Fitotsenozning asosiy belgilari: 1. Florasining tarkibi - shu fitotsenoz uchun xos bo'lgan turlar yig'indisi. 2. Fitotsenoz tarkibiga kiradigan turlarning uchrash darajasi mo'lligi. 3. Bir nechta turning ko'p bo'1ishi, ya'ni son jihatidan boshqa turlarga nisbatan ancha ko'pligi - ustunligi (edifikator va subedifikator turlarning mavjudligi). 4. Pog'onaliligi - o'simlik yerustki qismlarining pog'onalanishi. 5. O'simlik qoplamining to'Ialigi - zichligi. 6. Orografiyasi. 7. Tuprog'i. 8. O'simlik qoplami qiyofasining - manzaraning mavsumga qarab o'zgarishi 9. Biologik unumdorlik. 10. Fitotsenoz areali. 11. Hayotiyligi. 12. Fitotsenozning vaqtga qarab o'zgarishi - suksessiyasi. 1. Fitotsenozning floristik tarkibi. Fitotsenozning asosiy belgisi uning floristik tarkibidir. Fitotsenozlar asosan, floristik tarkibiga qarab bir-biridan ajratiladi. Shu bilan bir qatorda, fitotsenozning floristik tarkibi har yili ham bir xil bo'lavermaydi. U ozmi-ko'pmi ozgarishi mumkin. Ba'zi yillarda bu o'zgarish juda sezilarli bo'lib qoladi. O'zbekiston cho'llarida, ayniqsa Ustyurt va Qizilqum cho'ilarida efemerlar butunlay chiqmaydigan (o' smaydigan) yillar tez-tez uchrab turadi. Bunday holda u yerlarning floristik tarkibi 2--3 marta kamayib ketadi. Fitotsenozning floristik tarkibi birinchi navbatda o'simlik tarqalgan joyning tuprog'iga bog'liq. Fitotsenozning tuprog'i qancha yaxshi taraqqiy etgan bo'Isa (bu o'z navbatida, ko'pincha iqlim bilan bog'liq), uning floristik tarkibi shuncha boy bo'ladi. 2. Fitotsenoz tarkibiga kiradigan turlarning uchrash darajasi-mo'lligi. Fitotsenozni tashkil qilgan turlar, ularning soni va uchrash darajasi shu ...

Joylangan
18 Sep 2023 | 08:40:13
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.74 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 Sep 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.74 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: docx