O'simliklarning morfoekologik moslanishlari

O'simliklarning morfoekologik moslanishlari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning morfoekologik moslanishlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK FAKULTETI UMUMIY BIOLOGIYA kafedrasi BIOLOGIYA VA INSON HAYOTIY FAOLIYATI MUHOFAZASI ta'lim yo'nalishi IV-kurs talabasi Usmonova Lola Xamitovna Mavzu: O'simliklarning morfoekologik moslanishlari Ilmiy rahbarlar: b.f.n.Xo'jjyev S.O. 1-son AL o'qituvchisi Ibodova M. Navoiy 2014 yil Noqulay sharoitga o'simliklarning moslashishi, ularning tuzilishi va funksiyasi, hayot-faoliyatida muhit ta'siriga qarab tuzilishining o'zgarib borishi, yangi moslashish belgilarining kelib chiqishidan darak beradi. Bu holat keng tarqalgan morfologik moslashish bo'lib hujayra, to'qima, organlar ko'rinishi, morfologiyasining o'zgarishlari orqali kuzatiladi. KIRISH Ha, biz yashab turgan o'lka shunday go'zal, bo'ston. Sevimli shoirimiz Hamid Olimjon ta'riflaganidek bu o'lkada hamma narsa bor. Uning tabiati ham, ko'rinishi ham o'ziga xos va ulug'vor. O'zbekistonda G'arbiy Yevropadagi ba'zi mamlakatlar territoriyasidan kattalik qiladigan bepoyon cho'llar, Ural tog'laridan ikki yarim hissa baland, Yevropadagi yuksak Alp tog'i cho'qqilari bilan raqobatlasha oladigan tog'lar kishi aqlini shoshiradi. Ana shu cho'l va tog'lar orasidagi yashnagan vohalar o'zining ko'rkam jamoli bilan har qanday odamni maftun qiladi Estetik rux bag'ishlaydi. Ularning sahni yildan yilga asriy cho'llar bag'ridan tortib olingan yerlar bilan kengayib bormoqda. Tog'lar, daryolar o'zanidan yerlar tomon tortilgan ariqlar qon tomirlari singari bepoyon paxtazorlar, bog'lar va uzumzorlarni yashnatmoqda. Quyoshli O'zbekiston paxta yetishtirish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinda turadi. Shunga qaramay, uning qorako'li qo'y-qo'zilari, shirin-sharbat uzumi, la'ldek olmayu-anori uzoq ellargacha mashhur. Uning qazilma boyliklarini aytmaysizmi. Shu kunlarda bu yerda ishlab chiqariladigan paxta tolasi, qorako'l terisi, ipak, ximiya va boshqa sanoat mahsulotlari barcha chet davlatlarga eksport qilinmoqda. Endilikda Respublikamiz - ilm-fan, sport va madaniyati yuksak rivojlangan sharqdagi mash'alga aylandi. Mamlakatimizda chuqur o'zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. 2013-yil Obod turmush yili deb nomlanishi yoshlarning jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, oilani muqaddas bilishi, qadrlashi ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib yetishi yo'lida barchamizdan aniq maqsadga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarni talab etadi. Prezidentimiz I.Karimovning «Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma'ruzalarini talabalar tomonidan chuqur o'rganish, unda ko'rsatib o'tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini anglash, O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlarini bilish ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Yer kurrasidagi eng qadimiy va obod o'lkalardan biri bo'lib, ming yillar muqaddam uning o'rnida buyuk davlatlar, gavjum shaharlar, mustahkam qal'alar, bog'lar, ilm-fan maskanlari bo'lgan. Bu - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.47 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.47 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga