Duchesnea indica Focke (Potentilla indica) o'simligining introduksiyasiga doir * Kirish *Asosiy qism: 1) Soyasevar o'simliklar haqida umumiy ma'lumot 2)Potentilla indicani ekish bo'yicha olib borilgan ishlar 3)O'simlikni o'sish intensevligini aniqlash *Xulosa Reja: O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 262-sonli qaroriga muvofiq Qarshi shahrida olib borilayotgan ulkan obodonlashtirish ishlari bugungi kunda shahar infratuzilmasini boyitib bormoqda. Kelajakda Qarshi shahrida binolar va dam olish maskanlarida soya-salqin hududlar soni ortadi. Tabiiyki bunday hududlarda soyaga bardoshli bo'lgan o'simlik turlariga talab ortadi. Shu sababli ham soyaga bardoshli o'simliklar introduksiyasi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. KIRISH Soyaga bardoshli yerbag'irlab o'sib maysazor hosil qiladigan manzarali gullar kelajakda shahar dekoratsiyasida muhim ahamiyatga egadir. Bunday gullar yer bag'irlab, o'sib tuproq strukturasini mustahkamlaydi. O'simliklar yer bag'irlab o'sib, quyuq o'simlik qoplamini hosil qiladi. Moskva sharoitida Karpisonova R. A. tomonidan olib borilgan ko'p yillik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki , bunday o'simliklarning 50 ga yaqin manzarali turlari o'rmon florasining madaniylashgan florasidan kelib chiqqan. Ular orasida Shimoliy Amerika, Xitoy, Yevropa, Janubiy Sharqiy Osiyo va Rossiya hududlaridan kelib chiqqan madaniylashgan manzarali tur o'simliklari asosiy qismni tashkil qiladi(1). O'simlik haqida umumiy ma'lumot Bu o'simlik ko'p yillik soyaga bardoshli, tuproqda yerbag'irlab o'sib quyuq maysazor hosil qiladigan o'simlik turi . Vatani Janubiy-SharqiyOsiyo. 1804-yili madaniylashtirilgan(2). O'simlik tabiiy holdaTabiiy holda Osiyoning o'rta zonasi, Shimoliy Afg'oniston, Himolay tog'lari, Xitoy, Yaponiya va Hindistonning tropik Osiyoga yaqin bo'lgan hududlarida va Sharqiy Qo'shma Shtatlarning tog' o'rmonlarida o'sadi. (3) Potentilla indica (Duchesnea indica Focke) Bo'lim: Sinf: Kenja sinf: Tartib: Oila: Turkum: Tur: Potentilla indica klassifikatsiyasi P.indica barglari asosan 3-4 ba'zan esa 5 yaproqchali. Yaproqlari ovalsimon. Uzunligi 2-3 smgacha boradi. Bandi bilan hisoblanganda esa 10 smga yetadi.(2) O'simlik barglari asosiy manzarali xususiyati hisoblanadi. Ular tuproqda zich qoplam hosil qilib, yashil gilamga o'xshash qoplamni vujudga keltiradi. Tezda yerni qoplay olish xususiyati bog' dekoratsiyasida muhimdir. O'simlik barglari: O'simlik gullari: Gullari ikki jinsli, sariq rangli, gulpoyada yakka joylashadi. Gullarida 5 ta tojibarg erkin joylashadi. Gulining diametri 1-1,5 sm. Moskva sharoitida iyundan avgust oyigacha gullaydi. Hasharotlar orqali changlanadi(2) O'simlik mevalari: Mevalari qizil, sershira va yumaloq, bo'lib, qulupnay mevasini eslatadigan ho'l meva. Diametri 1,5-2 sm keladi[2]. Mevalari tarkibida ko'plab ozuqa moddalari mavjud.Yoz oxirlarida mevalaydi. O'simlik mevalari Potentilla indica (Duchesnea indica Focke)ning Ekish bo'yicha olib borilgan ishlar P.Indica ni ekish bo'yicha : Potentilla indica o'simligining Qishki mavsum o'sish intensevligini baholash Foydalanilgan adabiyotlar 1.Карписонова Р.А., Русинова Т.С. Почвопокровные растения. М.:Кладезь-Букс 2005.-67 с. 3.Олег Серебряков Кто-то с горочки спустился Вестник цветовода - 2008 г. - №23. 3.Данилов В.В. Прекрасный сад своими руками иллюстрированный справочник цветовода Аделант ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.3 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.3 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:05 ]
Arxiv ichida: ppt