Reja: 1. O'simlik sistematikasining qisqacha tarixi, maqsad va vazifalari. 2. Prokariotlar va eukariotlar. 3. Tuban o'simliklarning guruhlarga taqsimlinishi. 4. Suvo'tlarning umumiy tavsifi. Algologiya (suv o'tlar to'g'rida umumiy ma'lumot) O'simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o'simliklarni ta'riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir. O'simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo'lgan o'simliklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan xarakterlanuvchi alohida guruhlarga bo'ladi. O'simliklar sistematikasi o'simlik turlarining xilma- xilligini va uning sabablarini o'rganadi. Uning vazifasi quyidagicha. 1. O'simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o'rganish. 2. O'simliklarni o'rganishda turli uslublardan foydalanish. Hozirgi zamon o'simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o'simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va biokimiyoviy xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlariga asoslanadi. O'simliklar sistematikasi Sistematikaning rivojlanishi. O'simlik sistema uzun tarixga ega bo'lib, o'z ichiga dastlabki ichki tuzilishi bilan bog'liq bo'lmagan faqat tashqi belgilariga asoslangan klassifikatsiyadan boshlanib, juda ko'p sonli oshna va qarindoshlik aloqalariga asoslangan zamonaviy sistemalar paydo bo'lgan davrlarni oladi. XVI asr oxirida K. Baushn urug' va tur toifalarini cheklaydi. 1693 yillar ingliz tabiatshunos J.Rey tur tushunchasini kiritgan bo'lsa, 1700 yilda fransuz botanigi Turnefor urug' tushunchasini fanga kiritdi. Uchinchi asosiy taksonomik toifa - oila 1689 yilda P.Manol tomonidan aniqlagan. Keyingi sistema o'ta murakkab, ammo tabiiy bo'lgan Reyg sistemasi (1686-1704) bo'lib, u bir urug'pallali va ikki urug'pallali tushunchlarini kiritdi. Sun'iy sistemalarning asoschilardan biri K.Linney (1735) edi. U o'simliklarni 23 sinfga ajratadi, 24 - chi sinfga suvo'tlar, zamburug''lar moxlar va paporotniklarni kiritadi. O'simliklar sistematikasida tabiiy uslubga tomon keskin burilish fransuz olimi M.Andonsonning O'simliklar oilalari (1763-1764) nomli kitobi nashrdan chiqqan keyin sodir bo'ladi. A.L.Jyusening (1788) o'simliklarni 15 sinfga ajratdi, 100 ta tabiiy tartiblar chegarasini XIX asrda O.P.Dekandol(1813-1819), R.Braun (1825), M.A.Masimovich (1804-1873), S.Endlixer (1836-1840), A.Broner (1843)lar fanga ulkan hissa qo'shishdi. O'simliklar sistematikasi Hozirgi zamon sistematikasi o'simliklarni puxta o'rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi. 1. O'simlilkarni paydo bo'lishini solishtirish (solishtirma- morfologik usul). 2. Individual rivojlanishini o'rganish (ontogenetik usul). 3. O'tgan geologik davrlarda o'sgan o'simliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish (paleobotanik usul) 4. O'simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o'rganish (anotomik usul). 5. Har bir o'simlikning tarqalish hududini o'rganish (geografik usul). Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi. Yuqoridagi usullarda o'rganilgan o'simliklar turli guruhlarga bo'linadi, shu guruhlar taksanomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi. Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo'llaniladi: Bo'lim - Divisio, sinf - Classis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species. Prokariot va eukariotlar. Tirik organizmlarni sistematik guruhlarga bo'lishda hujayraning tuzulish ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.79 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.79 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:05 ]
Arxiv ichida: pptx