Amarant, kunjut, makkajo'xori, xushbo'y ruta Reja: Amarant o'simliklarini o'stirish texnologiyasi. Kunjut o'simliklarini o'stirish texnologiyasi. Makkajo'xori o'simliklarini o'stirish texnologiyasi. xushbo'y ruta o'simliklarini o'stirish texnologiyasi. Amarant - Amaranthus amarantdoshlar - Amaranthaceae oilasiga kiradi. Bo'yi 2-3 metr keladigan bir yillik o't o'simlik. Poyasining yo'g'onligi 8-10 santimetr, bargi cho'ziq va ellipssimon bo'lib, poyaga uzun bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, ko'rimsiz bo'lib, yirik yarim metrgacha boradigan supurgisimon gul to'plamini hosil qiladi. Urug'i mayda sharsimon qo'ng'ir yoki sariq rangda bo'lib, 100 donasining vazni 0,4-0,6 gramm keladi. Bir tup o'simlik 0,5 kilogrammgacha urug' berishi mumkin. Urug'ining osti yaltiroq bo'ladi. Iyun oyida gullaydi, urug'i iyulda etiladi. Geografik tarqalishi. Amarant Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo va Rossiya viloyatlarida o'stiriladi. O'zbekiston florasida ham bir avlodi va 10 turi o'sadi. Manzarali o'simlik sifatida gultojixo'roz (Celasia va Comfrena) ko'p tarqalgan. Mahsulot tayyorlash. Urug'i etilgandan so'ng o'simlik o'rib olib quritiladi, so'ngra maydalanadi va elab urug'i olinadi. Kimyoviy tarkibi. Amarantning bargida 30 foizgacha oqsil modda va 270-350 mgkg koratin tutadi. Ularning tarkibida riboflovin, poli vita'minlar askorbin kislota, K, E, D va boshqa vita'minlar bor. Amarant urug'i tarkibida 18-20 foiz oqsil, 8-9 foiz moy va 65-75 foiz uglevodlar bo'ladi. Ishlatilishi. Amarant moyi me'da va ichak yaralarini davolash xususiyatiga ega bo'lib, teri kasalliklari, qirqilgan yaralarni bitishini tezlashtirish uchun va nur kasalligi bilan og'rigan bemorlarni davolashda qo'llaniladi. Uning moyi oblepixa moyidan qolishmaydi va bir qator kasalliklarni davolashda ishlatilib kelinmoqda. Amarantning urug'i tibbiyotda rak kasalligidan hosil bo'lgan xavfli o'smalar o'sishini oldini olish va so'rilib ketishiga yordam beradi. Amarant o'simligining agrotexnikasi Amarant issiqsevar va yorug'sevar o'simlik hisoblanadi. Amarant o'simligi ekiladigan maydonlar kuzda 25-28 sm chuqurlikda haydab qo'yiladi. Yer haydash oldidan organik va mineral o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. Erta bahorda yerlar tekislanib, begona o'tlardan tozalanadi. Amarantni ekishni barqaror iliq ob-havoda (aprel-may oylarida), tuproqning urug' tushgan chuqurligi 10-12 gradusgacha qizigan paytda o'tkazish tavsiya qilinadi. O'simlikni ekishda sharoit va muddatlarni to'g'ri belgilash urug'larning qiyg'os unib chiqishini taminlovchi omil bo'lib hisoblanadi. Shuni ko'zda tutish lozimki, urug' tushgan tuproqda uning unib chiqishi uchun issiqlikdan tashqari etarli miqdorda namlik bo'lishi kerak. Amarantning urug'i qattiq parda bilan qoplanganligi uchun unga etarli miqdorda suv talab qilinadi. Shuning uchun uni optimal muddatlarda ekilmasa yoki tuproqning yuza (4 sm gacha) qatlami qurib qolgan bo'lsa, unda quruq iqlimli mintaqalarda maysalarning unib chiqishi kafolatlanmaydi. Amarantni ekish usullarini tanlash hosil miqdoriga va uning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Amarantni qator oralari yumshatiladigan ekin turlari kabi, qator oralari 30, 45, 60 sm egatlarga, urug' olish uchun ekiladigan maydonlarda esa 70 sm li egatlar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:05 ]
Arxiv ichida: doc