Kirish. Antekologiya fani hamda uning shakllanishi haqida umumiy tushuncha Reja: Antekologiya fanining qisqacha tarixi. Antekologiya fanining predmeti, tadqiqot metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. o'simliklarni morfologik tavsiflash. o'simlik organlarining paydo bo'lishi 5. Novdalar tizimining paydo bo'lishi, o'sishi va shoxlanishi Gullash jarayoni o'simliklarning katta guruhiga xos bo'lgan xususiyat bo'lib, u ontogenezda alohida davr sifatida ajratiladi. Gullash o'simlikni generetiv bosqichga utganidan dalolat beradi. Gul mikyosida urugchi tumshukchasi va changchi gulning etilishi natijasida changlanish hamda uruglanish jarayoni amalga oshadi. Antekologiya fani qanday fan va u qanday obyektlarni o'rganadi hamda qanday faoliyat bilan shugullanishi to'g'risidagi tushunchalarni ushbu fanning yaratilish tarixini o'rganish jarayonida bilib olish mumkin. Antekologiya fanining yaratilish tarixi qadimgi yunonlar va rimliklarga borib takaladi. Ular erkak va urgochi o'simliklarni bir-biridan yaxshi ajrata olishgan. uyg'onish davrining XVII asrida nemis olimi Rudolf Yakob Kamerarius (1665-1721) tomonidan o'simlik gullarining jinslari urganila boshlanishi bilan antekologiya fani uchun zzma ma'lumotlar yigila boshlanadi. Kamerarius uzining o'simliklar jinslari haqidagi xat asarida (Camerarius, 1694) o'simliklar jinsli mavjudotlar bo'lib, ularning urug hosil qilishlari uchun, albatta, ikkala jinslarning ishtirok etishini, guldagi erkaklik jinsini changchilar, urgochilik jinsini esa urugchilar belgilashini aytib utgan. U tajribalar yordamida guldagi changchilarni olib tashlanganda gullarda uruglar hosil bulmasligini isbotlab bergan. Kamerarius gullarning changlanishi shamol sababli amalga oshadi deb fikr bildirgan. K. Linney xam uzining Botanika asoslari asarida (Unnaei, Systema Naturae, 1735) antekologiyaga doir kupgina ma'lumotlar zzib koldirgan. Nemis olimi Iosif Gotlib Kelreyter (1733-1806) turli xil o'simlik gullaridagi chang donachalarining shakllari va ularni kabul qiluvchi urugchi tumshukchalarining yuza satxlarini urgandi. Bundan tashqari, u gullarning uzidan va chetdan changlanish jarayonlarida shamol va, ayniqsa, xasharotlarning ahamiyati katta ekanligini, tabiatda chetdan changlanish asosiy usul ekanligini kursatib utadi. Lekin Kelreyter jinsiy jarayonning mohiyatini tulik tushunmagan, u jinsiy jarayon o'simliklar uchun fakat urug va meva hosil qilish uchungina zarur deb tushungan. Gullash davrini ilmiy asosda tadqiq qilish XVII asr oxiri XIX asr boshlarida boshlangan. Bu davrlarda rus olimi A.T. Bolotov va nemis botanigi Xristian Konrad Shprengel (1750-1816) lar tomonidan o'simliklarning xasharotlar yordamida chetdan changlanish usullariga va gullardagi nektardonlar, gullar rangi hamda nektarlarni kursatuvchi belgilar changlovchilarni jalb qilish uchun xizmat qilishini batafsil o'rganishib, o'simliklarda uchraydigan Dixogamiya hodisasini xam fanga kiritishdi. Evolyutsion ta'limotning mualliflaridan biri bo'lgan Ch.Darvin xam uzining kator asarlarida bu masalaga keng tuxtaladi. Uning Orxideyalarning xasharotlar yordamida changlanishi va o'simliklar olamida chetdan va o'z-uzidan changlanishning ta'siri kabi asarlarida chetdan changlanishning biologik o'rni ochib berildi. Ch.Darvin fasol, bovda, kashkarbeda, sebarga va boshqa o'simliklarda o'tkazgan tajribalari asosida o'simliklar gullarida turli moslamalar bo'lishini va bu asosan chetdan changlanishga ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.9 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.9 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: doc