Apomiksis - rasmi

Material tavsifi

Apomiksis Reja: Partenogenez Aposporiya Adventiv embrioniya Apomiksis ro'y berishining sabablari Apomiksisdan seleksiyada foydalanish Apomiksis evolyutsiyasi Gulli o'simliklarda jinsiy va vegetativ ko'payishdan tashqari apomiksis deb nomlanuvchi ko'payish ham mavjud. Apomiksis bu erkak va urg'ochi gametalarni qo'shilishi bilan bog'liq bo'lmagan, biroq urug' yordamidagi ko'payishdir. Apomiksis birinchi marta ingliz botanigi J.Smit tomonidan 1839 yili tikanli alxorniya o'simligida aniqlangan. Keyinchalik A.Braun (1860) va E.Strasburgerlarning (1878) izlanishlari, bu tur o'simlikda mo'rtak xalta yaqinidagi somatik hujayralardan mo'rtak hosil bo'lishini aniqlagan. Mo'rtak xalta yaqinidagi somatik hujayralardan yuzaga kelgan mo'rtak va mo'rtak xaltaning ichiga kirib, u yerda to'la yetilishga erishgan. Keyinchalik bir qator o'simliklarda urug'lanmasdan mo'rtak hosil bo'lishining boshqa xillari ham aniqlangan. Shunga qaramay, o'simliklardagi apomiksis orqali ko'payish istisno sifatida qaralgan. XX asrning 30 yillariga kelib bu borada ko'plab ilmiy ma'lumotlar to'planganidan keyin o'simliklardagi ko'payishning bu turi botanik olimlar tomonidan tan olingan. Apomiksisni yanada chuqurroq o'rganishning natijalari o'simliklardagi ko'payishning bu turi evolyutsiya va seleksiyada katta ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Apomiksis jinsiy ko'payishdan kelib chiqqan va filogenetik jihatdan ancha yosh belgi bo'lib hisoblanadi. Shu boisdan apomiksis amfimiksis bilan uzviy bog'langan. Hozirgi kunga kelib, bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari shuni ko'rsatadiki, biror oila yoki turkum o'simlikda faqat apomiktik ko'payishni o'zi uchraydi xolos deyish to'g'ri bo'lmaydi. Bir turga mansub o'simlikning o'zida ham apomiksis ham amfimiksis birgalikda uchraydi. Yopiq urug'li o'simliklar oilalarining ko'pchiligida apomiksisning turli ko'rinishlari aniqlangan. Bir qator olimlarning bu boradagi ilmiy izlanishlarining natijalari asosida apomiksisning tip klassifikatsiyalari yaratilgan. Chunki ular, o'zlarining klassifikatsiya tiplarini apomiksisni morfologik va embriologik belgilariga asoslanib yaratishgan. Bu hodisa ro'y beradigan jarayonda genetik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlar hisobga olinmagan. Apomiksisga bog'liq terminlar ham ancha murakkab va ular juda ko'p shuningdek tushunib yetish ham qiyin. Biz quyida apomiksisni bayon etishda Poddubnaya - Arnolda (1976) qoidasiga rioya etdik. Apomiksis tiplarini ketma-ketlik tartibda joylashtirilishi, uning jinsiy ko'payishdan farqlanish darajalari va apomiktik ko'payish evolyutsiyasi bosqichlari shuningdek, uning vegetativ ko'payishga o'tishni belgilash imkoniyatini yaratadi. PARTENOGENEZ Partenogenez-bu urug'lanmagan tuxum hujayralardan mo'rtakni yuzaga kelishi hisoblanadi. Reduksiyalangan va reduksiyalanmagan partenogenezlar farqlanadi. Reduksiyalangan partenogenez. Reduksiyalangan partenogenez bu - tuxum hujayradan gaploid xromosomali mo'rtak hosil bo'lishiga aytiladi. U indutsirlangan ya'ni, urug'lanishdan keyin gametalarni qo'shilishi ro'y bermasa ham mo'rtakni rivojlanishi amalga oshadi. Reduksiyalangan partenogenez holatida ginogenez mo'rtakni ona xromosomalari orqali, androgenez mo'rtakni ota xromosomalari bilan hosil bo'lishi ham ro'y beradi. Ginogenezda chang nayi mo'rtak xaltaga kiradi, bunda spermiy parchalanib urug'lanish amalga oshmaydi. Shu sababli mo'rtak ona xromosomalarining to'plamiga ega bo'ladi. Androgenezda ham spermiy tuxum hujayraning yadrosi bilan qo'shilmaydi, biroq u faoliyatini uni o'rniga amalga oshiradi, chunki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga