Arslonquyruq, qirqmabarg, meksika bangidevonasi, teshikdalachoy, dorivor limono't o'simliklari etishtirish texnologiyasi. Reja: Qirqmabarg Meksika bangidevonasi Teshikdalachoy Dorivor limono't Besh bo'lakli arslonquyruq - Leonurus quinquelobatus Gilib. (Leonurus villosus Desf.), oddiy arslonquyruq - Leonurus cardiaca L. va turkiston arslonkuyruq - Leonurus turkestanicus v. Krecz. et Kupr.; yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiate) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, bo'yi 50-150 (bazan 200) sm ga etadigan o't o'simlik. Poyasi bir nechta, to'rt qirrali, tik o'suvchi, shoxlangan. Bargi oddiy, panjasimon besh bo'lakli, yuqoridagilari uch bo'lakli bo'lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari 5 bo'lakli, ikki labli, poyaning yuqori qismidagi barglar qo'ltig'ida halqa shaklida o'rnashib, boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Mevasi uch qirrali, to'q jigarrang 4 ta yong'oqchadan tashkil topgan. Iyun oyidan sentyabrgacha gullaydi va mevasi etiladi. Arslonquyruq o'simligining bu uch turi bir-biriga juda o'xshash bo'lib, barglarining tuzilishi bilan farq qiladi. Besh bo'lakli arslonquyruq o'simligining bargi sertuk. Geografik tarqalishi. Belorus, Ukraina, Rossiyaning Yevropaqismida (shimoldan tashqari), Kavkaz va o'arbiy Sibirda aholi yashaydigan joylarga yaqin erlarda, bo'sh yotgan va tashlandiq joylarda, ekinzorlarda o'sadi. Mahsulotni asosan Volga bo'yidagi joylarda, Boshqirdistonda va Voronej viloyatida tayyorlanadi. Turkiston arslonquyrug'i asosan O'rta Osiyoda (O'zbekistonning Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarini) tog'li tumanlaridagi tog'larning o'rta qismidagi toshli va shag'alli-tuproqli qiyalarida o'sadi. U O'zbekistonda tayyorlanadi. Mahsulotning tashqi ko'rnishi. Tayyor mahsulot 30-40 sm uzunlikda qirqilgan o'simlikning yer ustki qismidan (poya, barg va gullaridan) iborat. Poyasi to'rt qirrali, ichi kovak, qizil binafsha rangga bo'yalgan. Bargi to'q yashil, tukli (oddiy va Turkiston arslonquyruqlarining bargi esa tuksiz), poyaning pastki qismidagilari tuxumsimon shaklli va yuraksimon asosli, o'rta qismidagilari panjasimon 5 bo'lakka qirqilgan, yuqori qismidagilarni esa cho'ziq ellipssimon yoki lantsetsimon, uch bo'lakli yoki uch bo'lakka qirqilgan bo'lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismidagi barglari qo'ltig'ida halqa shaklida o'rnashib, boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Gulkosachasi 5 tishli, naychasimon, qo'ng'iroqsimon, gultojisi ikki labli, pushti yoki pushti-binafsha rangli, otaligi 4 ta bo'lib, shundan yuqoridagi 2 tasi kalta, onalik tuguni to'rt bo'lakli, yuqoriga joylashgan. XI DF ga ko'ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 12%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 6%, sarg'aygan va qo'ng'ir rangga aylangan barglar 7%, poya bo'lakchalari 40%, yo'g'onligi 5 mm dan oshiq bo'lgan poyalar 3%, organik aralashmalar 3% hamda mineral aralashmalar 1% dan oshiq bo'lmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm bo'lgan elakdan o'tadigan mayda bo'laklar 10%, qirqilgan mahsulot uchun: 7 mm dan oshiq bo'lgan qismlar 17%, teshigining diametri 0,5 mm bo'lgan elakdan o'tadigan qismlar 16% dan oshiq bo'lmasligi lozim. 70% li spirtda eruvchi ekstrakt moddalar miqdori 15% dan kam ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: doc