Asosiy to'qimalar Reja: Assimilyatsiya to'qimalari G'amlovchi to'qimalar. Mexanik yoki mustahkamlik beruvchi to'qimalar O'tkazuvchi to'qimalar Assimilyatsiya (lot. assimilyatsio - o'zlashtirish) to'qimalarining asosiy vazifasi fotosintezdan iborat. Bu to'qimalarda hayot uchun eng zarur bo'lgan organik mod-dalar sintez qilinadi. Assimilyatsiya to'qimalari yupqa devorli tirik paren-xima hujayralaridan tuzilgan. Hujayralarning tsito-plazmasi hujayra devori atrofida joylashgan bo'lib, yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to'qimalarni xlorofilli parenxima yoki xlo-renximalar deb ataladi. Xlorenxima (yunon. xloros -yashil, enxima - to'ldirilgan) hujayralari xlorofillga boy bo'lgan us-tunsimon va g'ovaksimon parenxima to'qimalar bo'lib, ular yashil barglar va yosh novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan. Epiderma hujayralari tiniq yoki shaffof bo'lib, o'zida yorug'likni osonlik bilan o'tkazadi va gaz almashinuvi jarayonini osonlashtiradi. Ustunsimon xlorenxima silindr shaklidagi cho'ziq hujayralardan, g'ovaksimon xlorenxima esa, yumaloq hujayralardan iborat. G'ovaksimon xlorenxima hujayra-lari orasida bo'shliqlar bo'lib, ularning vazifasi hujay-rada gaz almashinuvini engillashtirishdan iboratdir. Bazan hujayralarda xloroplastlar miqdori ortadi va qat-qat burma hosil bo'ladi. Masalan, ninabargli o'sim-liklarning po'stlog'ida qatron (smola) chiqarib turadi-gan bo'rtmalar ko'p uchraydi. O'sayotgan yosh xlorenxima hujayralarida xloroplastlar (xlorofill), qari hujayralarga nisbatan besh barobar ko'p bo'ladi, ularda ribosomalar va tilakoidlarning soni ham ortadi. Shuning uchun ham fotosintez jarayoni yosh xlo-renxima hujayralarida qari xlorenxima hujayralariga nisbatan tezroq boradi. Xlorenxima gulda, pishmagan mevalarda ham bo'lib, fo-tosintez vazifasini bajaradi. Lekin bu fotosintez ik-kilamchi o'rindagi vazifalardan hisoblanadi. Tropik o'rmonlarda o'suvchi bazi o'simliklarning havoyi ildiz-larida ham xlorenxima uchraydi (masalan, angreum, fale-nopsis, tenofillum, poliriza va boshqa orxislar). G'amlovchi to'qimalar. Bu to'qimalarda fotosintez ja-rayonida hosil bo'lgan oziq moddalar - oqsillar, karbon-suv, yog'lar to'planadi va uzoq muddatga saqlanadi. G'amlovchi to'qimalar o'simlikning deyarli hamma organ-larida bo'ladi. Urug'larning mo'rtaklarida to'planadi. Ular mo'rtaklarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Bir yillik o'simliklar o'suv organlarida oziq modda-larni juda oz miqdorda to'playdi, chunki ularning hayotiy davri faqat bir vegetatsiya davri bilan tugallanadi. Ko'p yillik o'simliklar oziq moddalarni ildiz, novda va ta-komillashgan organlar - tugunak, gshyozbosh, yer osti nov-dalarida, ildizmevalarda to'playdi. Bu oziq moddalar tin-chlik davri o'tgandan so'ng o'zlashtiriladi. G'amlovchi to'qimalar yupqa devorli tirik parenxim hujayralardan iborat. O'sha hujayralarda oziq moddalar qattiq va suyuq holatda to'planadi. Qattiq holda - krax-mal, oqsil kristallari (kartoshka tugunaklarida) yoki aleyron donachalari shaklida, suyuqholda - masalan, lav-lagi ildizmevalar, sabzi piyozboshlilar, shakar qamish, uzum, tarvuz, qovun va boshqalarda uchraydi. G'amlangan moddalar fermentlar ta'sirida gidroliz-lanadi va suvda eriydigan holga keladi, shundan so'ng ri-vojlanayotgan o'simlik tomonidan sarf etiladi. Cho'l va sahrolarda o'suvchi ayrim o'simliklarning hujay-ralari yirik va shilimshiq shiraga boy bo'ladi. Bunday hujayralar suv g'amlovchi hujayralar deb ataladi. Suv g'am-lovchi to'qimalar bazi o'simliklarning barglarida (aga-va, aloe, semizo't), poyada (kaktus, sutlamada) bo'ladi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.89 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.89 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: doc