Ayiqtovongullilar qabilasi - Ranunculales

Ayiqtovongullilar qabilasi - Ranunculales

O'quvchilarga / Botanika
Ayiqtovongullilar qabilasi - Ranunculales - rasmi

Material tavsifi

Ayiqtovongullilar qabilasi - Ranunculales Reja: Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Zirkdoshlar oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Ko'knordoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: zigomorf, aktinomorf, etnomofil, alkaloid, nektarnik, parokarp. Ko'p yillik hamda bir yillik o't, o'tsimon, daraxtsimon lianalar yoki, ayrim hollarda, tik o'suvchi butalar va past bo'yli daraxtlar shaklidagi o'simlik. Barglari navbatlashib, qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab, odatda, yon bargi bo'lmaydiganlari ham uchrab turadi. Guli juda xilma-xil. Uchki yoki qo'ltiq gul to'plamlarida yakkama-yakka holda joylashgan, qo'sh yoki alohida jinsli, aktinomorf yoki zigomorf tuzilishli. Changchisi cheksiz, ayrim hollarda 3 ta yoki 6 ta bo'ladi. Urug'chisi apokarp. Mevalari har xil - yong'oqcha, barg, rezavor meva, danak shakllarda. Urug'i endospermli, ayrim hollarda endospermsiz. Bu qabilaga 8-10 oila mansub. Shulardan biz quyida Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) va Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilalarining tavsifiga bir qadar batafsil to'xtalib o'tamiz. Ayiqtovondoshlar oilasi - Ranunculaceae Oilaning 45 turkumga mansub 2.00 dan ortiq turi yer yuzining o'rta, sovuq va mo''tadil iqlimli kengliklarida tarqalgan bo'lib, faqat Sharqiy Osiyo hududlarida, jumladan, O'rta Osiyoda ayiqtovondoshlarning 25 turkumga mansub 202 turi turli-tuman iqlim va ob-havo sharoitlarida o'simlik qatlamlarining asosiy komponentlaridan hisoblanadi. Ularning aksariyat qismi butasimon, ko'p yillik o'tsimon, ildiz poyali o'simliklar; barglari navbatlashib joylashgan; ayrim turlarida qarama-qarshi, oddiy yoki bo'lmalardan iborat, panajsimon qirqilganlari ham uchraydi. Ayiqtovondoshlarning guli shingil va boshoqsimon gul to'plamlaridan iborat, ikki jinsli, ayrim hollarda bir jinsli gul a'zolari spiral joylashgan, aktinomorf, ayrim hollarda zigomorf. Gul o'rni yaxshi rivojlangan. Gulining rangi nihoyatda turli-tuman. Ular orasida oq, sariq, havorang, och qizil, gunafsha va boshqa ranglilarini uchratish mumkin. Qo'sh gul qo'rg'onli, ayrim hollarda gul qo'rg'oni oddiy. Changchisi ko'p sonli, gul o'rniga ost qismi bilan tutashgan. Urug'chisi 1-5 ta, ayrim hollarda ko'p sonli, tugunchasi ustki. Ayiqtovondoshlarning gul formulasi bir xil emas. Masalan, ayiqtovonning gul formulasi: Ca5 Co5 A∞ G∞, boshqa turlarning gul formulasi bundan farq qiladi. Mevasi to'p urug', to'pbarg yoki ko'sakcha va faqat ayrim hollarda shirali meva shaklida. Urug'i endospermli. Ayiqtovondoshlarning deyarli hammasi alkaloid, glikozidga boy bo'lganligi tufayli dorivor o'simliklar sifatida ishlatiladi. Ayiqtovondoshlarning quyidagi turkumlari e'tiborga molik: Sedana (Nigella). Bu bir yillik va, ayrim hollarda, ko'p yillik o'tsimon o'simlik. Uning O'rta Osiyoda 5 turi tarqalgan. Biz uchun sedan'ananing ikki turi diqqatga sazovor. Yovvoyi sedana (Nigella integrifolia) bir yillik o't, bo'yi 15-25 sm. Kosacha barglari 5-8 ta, ikki labli. Mevasi kalta, tukli. Aprel-may oylarida gullab urug' beradi. Adir va tog' zonalarida ekinlar orasida va bo'sh yotgan dalalarda uchraydi. Ekma sedananing (N. sativa) balandligi 20-75 sm, may, iyun oylarida gullab urug'laydi. O'zbekistonning deyarli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.04 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga