Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi

Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi

O'quvchilarga / Botanika
Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi - rasmi

Material tavsifi

Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi Reja: Ayiqtovonnamolar qabilasi Ayiqtovondoshlar oilasi Zirkdoshlar oilasi Sallagulnamolar qabilasi. Sallaguldoshlar oilasi Ko'knornamolar qabilasi Ko'knordoshlar oilasi Shotaradoshlar oilasi Asosan o't o'simliklar, qisman daraxtsimon liana, buta yokipast bo'yli daraxtlardir. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, ba'zan bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gul qismlari gulo'rniga siklik yoki spirosiklik joylashgan, gulqo'g'oni murakkab, ba'zan oddiy. Changchilari ko'p, ba'zan 6 (3) ta, ginetsey apokarp, sinkarp, parakarp tuzilishga ega. Ayiqtovonkabilarning vakillari magnoliyakabilarga ancha yaqin, ammo illitsiyanamolar (Illicales) qabilasi bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo'lsa kerak deb taxmin qilinadi. Hozirgi tizimga binoan ayiqtovonkabilar 4 qabila: (Ayiqtovonnamolar - Ranunculales, Burmaqoranamolar - Glaucidiales, Sallagulnamolar - Paeoniales, Ko'knornamolar - Papaverales), 13 oila, 200 ga yaqin turkum va 400 ga yaqin turlarni birlashtiradi. Ayiqtovonnamolar qabilasi - Ranunculales Qabila turlari orasida o'simliklarning barcha hayotiy shakllari uchraydi, ko'pchiligi bir yillik o'tlar, qisman lianalar, butalar va past bo'yli daraxtlar. Barglari yonbargchasiz, navbatlashib, ba'zan qaramaqarshi joylashgan, oddiy yoki qisman murakkab. Yog'ochligining naylari oddiy perforatsiyali. To'pgullari poya uchida, barg qo'ltig'ida, ba'zi turlarida zigomorf. Gul qismlari spiral, spirosiklik yoki siklik (halqa) joylashgan, gulqo'rg'oni murakkab, oddiy yoki ba'zan butunlay yo'q. Changchilari ko'p, ba'zan 6 yoki 3 (l) ta, changchi ipi va changdoni differensiallashgan. Ginetsey apokarp. Mevalari - bargak, yong'oqcha, rezavor yoki danakli. Morfologik tuzilishiga ko'ra qabila 8 oilaga bo'linadi. Ayiqtovonnamolar qabilasining markaziy, turlarga boy va muhim oilalaridan biri Ayiqtovondoshlardir. Ayiqtovondoshlar oilasi - Ranunculaceae Bu oilaning hozirgi vaqtda 66 turkum va 200 dan ortiq turlari bor. Ular ikkala yarimshaming o'rta hamda sovuq iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. O'zbekistonda ayiqtovondoshlarning 20 turkum va 100 dan ko'proq turi mavjud. Ayiqtovondoshlarga asosan bir yoki ko'p yillik o'tlar, ba'zan buta va lianalar kiradi. llonchirmovuq (Clematis) dagina poya yog'ochlangan va u ikkilamchi belgi hisoblanadi. Barglari asosan navbatlashib, ba'zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, panjasimon yoki qisman patsimon kesilgan, rudimentlar yonbargchali (Sanchiqo't). Gullari ikki jinsli, asosan antinomorf, qisman zigomorf. Gulqo'rg'oni oddiy (tojbargsimon) yoki murakkab, gul qismlari ko'proq spiral, halqa hosil qilib o'rnashgan. Gulkosachalar odatda 5 (3-20) ta, tojbarglari 2-20 ta, ba'zan juda mayda bo'lib, shiradonlarga aylangan; changchilari ko'p, erkin. Ginetseyi ko'p, ba'zan bitta, apokarp, ba'zan sinkarp (Heleborus), mevachasi bir urug'bargli. Tugunchasi bir uyali, bir yoki bir ncchta urug'kurtakli. Gulo'rni konussimon cho'ziq. Entomofil, ba'zan anemofil o'simliklar. Gulining umumlashgan formulasi Ca5(3 20) Co2-20 A∞ G∞. Mevalari yarim yoyma meva, yong'oqcha, ko'sakcha, ba'zan rezavor. Ayiqtovondoshlar gul tuzilishiga ko'ra magnoliyadoshlarga ancha o'xshash bo'lsada, kimyoviy tarkibi bilan ulardan keskin farq qiladi. To'qimalarida efir moy ishlab chiqaradigan bezlar yo'q, lekin tarkibida zaharli alkaloidlar, saponinlar bor. Shu sababdan ko'pchilik ayiqtovonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 242.56 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 242.56 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga