Ayiqtovonkabilar sinfchasi (ajdodi) - Ranunculidae

Ayiqtovonkabilar sinfchasi (ajdodi) - Ranunculidae

O'quvchilarga / Botanika
Ayiqtovonkabilar sinfchasi (ajdodi) - Ranunculidae - rasmi

Material tavsifi

Ayiqtovonkabilar sinfcha (ajdodcha)si - Ranunculidae Ayiqtovonnamolar qabilasi - Ranunculales Ayiqtovonkabilar sinfcha (ajdodcha)si - Ranuncnlidae. Sinfchaga 4 ta qabila, 13 ta oila, 200 ga yaqin turkumga mansub 400 taga yaqin turlar kiradi. Ular, asosan, o'tlardan iborat. Ayiqtovonnamolar qabilasi - Ranunculales . Qabilaga mansub o'simliklar hayot shakliga ko'ra, asosan, o't, ba'zan buta va lianalardan iborat. Barglari oddiy va murakkab. Gullari ikki jinsli, aktinomorf va zigomorfdir. Bu qabilaga 8 ta oila kiradi. Ayiqtovondoshlar oilasi - Ranunculaceae Bu oilaga 66 ta turkum, 200 ga yaqin tur kiradi. O'zbekistonda 20 turkumga mansub 107 turi o'sadi. Oilaga mansub o'simliklar hayot shakliga ko'ra, asosan, ko'p yillik o't, ayrim buta hamda bir yillik o'tlardan iborat. Oila vakillari asosan, Shimoliy Yarim sharning sovuq va mo'tadil iqlimli joylarida keng tarqalgan, ayrimlari tropik mintaqalarda ham uchraydi. Ularning ko'pchiligi sernam o'tloqzor, botqoqlik va o'rmon o'simlik jamoalarining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bu oilaga kiruvchi o'simliklarning barglari oddiy, yonbargsiz, poyada ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli (isfarak va sanchiq o'tlardan tashqari). Bu oila o'simiik turlari tarkibida alkaloidlar saponinlar, glikozidlar bo'lib, dorivor, zaharli o'tlar hisoblanadi. Gullari to'g'ri (aktinomorf), noto'g'ri (zigomorf), shamol yoki hasharotlar yordamida changlanishi, urug'i yog'li, endospermli, mevalari yong'oqcha, ko'sakcha, ba'zan rezavor - meva bo'lishi bu oilaning evolutsion nuqtayi nazardan ancha taraqqiy etganligini ko'rsatadi. Turlar respublikamizning tog'li hududlarida o'sadi, muhim dorivor o'simlik hisoblanadi. Bu oilaning: Adonis - Sug'uro't Adonis - ko'p yillik va bir yillik o'tsimon o'simlik. Barglari qo'sh patsimon, ingichka bo'laklarga kesilgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, gulkosachabarglari 5-8 ta, gultojibarglari 5 tadan. Changchilari ham urug'chilari ham cheksiz. Mevasi ko'p a'zoli yong'oq meva, tibbiyotda yurak kasalini davolashda ishlatiladi. Sariq rangli gultojibarglaridan bo'yoq olinadi. Parpi - Akonitum O't o'simlik bo'lib, gullari ko'm - ko'k rangda bo'lib, zigomorfdir. Bu o'simlik tarkibida akonitin degan zaharli alkoloid bor, bu modda kam miqdorda berilsa og'riqni bosadi, katta dozalari qattiq zaharlanishga sababchi bo'ladi. Akonitning asosan tuganaksimon ildizidan tayyorlanadigan ekstrakti bilan nastoykasi nevralgiya, revmatizm va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Uchma - Cyeratocephalus Erta bahorgi, efemyer o'simlik. Barglari uchtali qirqilgan. O'simlikning bo'yi 1 sm dan 10 sm gacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, hashorot yordamida changlanadi. Gulkosa va gultojibarglari 5 tadan erkin o'sgan, changchilari 5-15 tagacha, Urug'chisi cheksiz. Trollius -Trollius. Ko'p yillik o't o'simlik. Barglari oddiy panjasimon, mevalari ko'p urug'li. Isfarak- Delphinium- Bir va ko'p yillik o't o'simlik. Barglari chuqur qirqilgan. Gullari zigomorf, сochoq to'pgulga o'rnashgan. Hamma vakillari tarkibida delfinin moddasini saqlaydi. Gullari chiroyli bo'lgani uchun ayrim turlari manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Sedana- Nigella Poyasi tik o'sgan, barglari patsimon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 205.67 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 205.67 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga