MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (Yuksak o'simliklar sistematikasi) Mavzu: Ayiqtovonnamolar -Ranunculales qabilasi. Ranonamolar-Rosales qabilasi Reja: 1. Ayiqtovonnamolar qabilasi, ularning vakillari, tarqalishi, ahamiyati 2. Toronnamolar qabilasi, ularning vakillari, tarqalishi, ahamiyati 3. Qovoqnamolar qabilasi, ularning vakillari, tarqalishi, ahamiyati 4. Ranonamolar qabilasi, ularning vakillari, tarqalishi, ahamiyati 5. Burchoqnamolar qabilasi, ularning vakillari, tarqalishi, ahamiyati Qabila. Ayiqtovonnamolar-Ranunculales Qabila, asosan o't o'simliklar, bazan buta va lianalardan iborat. Barglari oddiy va murakkab, yonbargchasiz, gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf. Changchilari ko'p yoki 6 ta (bazan 3 ta), urug'chilari ko'p. Qabilaga ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi kiradi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi Oilaga, asosan shimoliy yarim sharning mo'tadil va sovuq mintaqalarida o'sadigan bir yillik va ko'p yillik o'simliklar kiradi. Oilaga 66 turkumga mansub 200 dan ortiq tur kiradi. O'zbekistonda esa 20 turkumga mansub 107 tur o'sadi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi Ildizlari o'q ildiz. Barglari yon bargchasiz, barg qirralari butun yoki chuqur kesilgan va poyada ketma-ket, bazan qarama-qarshi o'rnashgan. Gullari yakka, aktinomorf, bazan zigomorf, ikki jinsli. Changchi va urug'chisi ko'p. Changlanishi ko'pincha entomofil, bazan anemofil. Oila vakillari alkaloid va glyukozidlarga boy bo'lganligi uchun, zaharli o'simliklar sanaladi. Ayrim turlari dori - darmon tayyorlash uchun ishlatiladi. Gullari chiroyli bo'lgani uchun, ayrim vakillari manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Ovqatga ishlatish uchun sedana (Nigella sativa) ekiladi. Zaharli vakillari: Yozgi adonis (Adonis aestivum), bandchali anemone (Anemone petilosa), dala ayiqtovoni (Ranunculus arvensis), o'yuvchi ayiqtovon (Ranunculus acer), akanit (Aconitum). Dorivor vakillari: bahor adonisi (Adonis vernalis), delfinium (Delphinium), akanit (Aconitum). Bo'yoq modda saqlovchi vakili: bahor adonisi (Adonis vernalis). Manzarali vakillari: akanit (Aconitum), delfinium (Delphinium), klematis (Clematis). Ayiqtovondoshlar oilasiga 18 turkum kiradi: Tangachao't-Isopyrum Soxtasuvdon- Paraquilegia Suvyig'ar-Aquilegia Sanchiqo't -Thalictrum Pufanak -Anemone Qoraburma-Pulsatilla Ilono't -Clematis Trollius -Trollius Xegemone -Xegemone G'o'zagul -Callianthemum Sug'uro't-Adonis Sudralma-Halerpestes Ayiqtovon -Ranunculus Namut-Batrachium Uchma -Ceratocephala Sedana -Nigella Parpi -Acanitum Isfarak -Delphinium Bo'lim. Magnoliyatoifa-Magnoliophyta Sinf.Magnoliyasimonlar-Magnoliopsida Sinfcha.Ayiqtovonkabilar- Ranunculidae Qabila.Ayiqtovonnamolar-Ranunculales Oila. Ayiqtovondoshlar- Ranunculaceae Turkum. Ayiqtovon-Ranunculus L. Tur.O'rmalovchi ayiqtovon-Ranunculus repens L. Qabila.Ayiqtovonnamolar-Ranunculales Oila. Ayiqtovondoshlar- Ranunculaceae Turkum. Ayiqtovon-Ranunculus L. Tur.O'rmalovchi ayiqtovon-Ranunculus repens L. Bir va ko'p yillik o't o'simliklar. Bo'yi 10 -30 sm. Barglari panjasimon, poyada ketma- ket o'rnashgan. Gullari ikki jinsli. Kosachabarg va tojbarglari 5 tadan, sariq rangli. Changchi, urug'chisi cheksiz. Zaharli. Pichanzorlar, o'rmon va dalalarda tarqalgan, ekinlar orasida begona o't sifatida o'sadi. Qabila.Ayiqtovonnamolar-Ranunculales Oila. Ayiqtovondoshlar-Ranunculaceae Turkum.Ilono't-Clematis L. Tur.Sharq iloncho'pi -Clematis orientalis L. Turkum vakillari liana, chala buta. Sharq iloncho'pi to'qaylarda yovvoyi holda uchraydi. Poyasi sut shirasiga boy. Urug'lari uzun tukchalarga ega. Qabila.Ayiqtovonnamolar-Ranunculales Oila. Ayiqtovondoshlar-Ranunculaceae Turkum. Sedana-Nigella L. Tur. Yovvoyi sedana-Nigella integrifolia Regel Bir yillik o't o'simlik. Bo'yi 15-25 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.91 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.91 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: pptx