Ayrim mevali daraxtlarning zamburug' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida)

Ayrim mevali daraxtlarning zamburug' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida)

O'quvchilarga / Botanika
Ayrim mevali daraxtlarning zamburug' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida) - rasmi

Material tavsifi

Ayrim mevali daraxtlarning zamburug'' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida) Qarshi-2011 Mavzu: Ayrim mevali daraxtlarning zamburug'' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida) Kirish. I Bob. Adabiyot sharxi. II. Bob. O'simlik kasalliklari to'g'risida umumiy tavsif II.1. Tadqiqotning manbalari va uslublari . II. 2. Olib borilgan tajribalarning natijalari. II. Bob. Ayrim mevali daraxtlarning zamburug'' kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari (G'uzor tumani misolida) II.1. Mevali daraxtlarda eng ko'p uchraydigan zamburug'' kasalliklari. II.2. Mevali daraxtining zamburug'' kasalliklariga qarshi ko'rash choralari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Ilova Kirish Dehqonchilik va ziroat ulug' va fazilatli amaldir. Ona diyorimizning bepoyon hududlarida, ayniqsa, qishloq mintaqalarida yashovchi har bir insonga moddiy farovonlikning asoslaridan biri, bu- dehqonchilik ekani yaxshi ma'lum. Qishloq ahli o'zining fidokorona mehnati bilan Vatanimiz boyligiga boylik qo'shish, xalqimiz hayoti uchun zarur bo'lgan barcha qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlarini ko'plab yetkazib, bozorlarimizni to'kin-sochin qilish, yurtimizda farovonlikni oshirishga beqiyos hissa qo'shib kelmoqda. Xaqiqatdan ham, xalqimizning rizqu, ro'zi, nasibasi, avvalo, dasturxonlarimiz to'kinligi, xonadonlarimizning fayzu tarovati, to'yu tomoshalar-barcha-barchasi dalalarimizda zahmatkash dehqonlarimizning fidokorona mehnatiga, ular yetishtiradigan hosilning mo'lligi va salmog'iga bog'liq. Dehqonchilik hayot tayanchi va ustunidir. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz, ulug' allomalarimiz dehqonchilik qilib, so'lim bog'u rog'lar yaratib, yurtimizni obod, xalqimizni farovon etishga da'vat qilganlar. Birgina misol -Sohibquron Amir Temur bobomiz ana shunday an'analarimizga amal qilib, o'z poytaxti azim Samarqand hududida Bog'ishamol, Bog'imaydon, Bog'i baland kabi ko'plab bog'lar barpo etganlar, farzandlarini ham shunday ezgu ishlarga chaqirganlar. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnomaligida dehqon va fermerlarimiz faoliyatiga katta e'tibor berilib, qishloq xo'jaligi uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida bugungi kunda erishilayotgan katta yutuqlarda bunday e'tiborning ahamiyati beqiyos bo'lmoqda. alloh taolo dehqonchilik orqali yetishtiriladigan hosil va mevalarni insonlarga rizq qilib bergan ekan, inson o'z rizqiga befarq munosabatda bo'lishi mumkin emas.Albatta, dehqonchilik sohasida olinadigan hosil yoki rizq-ro'z insonning mehnati, uning omilkorlik fazilatlariga har tomonlama bog'liq. Shuning suchun ham har bir musulmon kishi dunyo obodligini oxirat obodligi bilan uzviy bog'lashi, yurtining har bir go'shasi farovon bo'lishi yo'lida chin ixlosbilan mehnat qilishi farazdir. Ma'lumki, bu yil Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik sanasini katta bayram qilamiz. Ushbu ulug' ayyomni munosib kutib olish uchun yurtimizda keng ko'lamdagi tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Shunday xayrli ishlardan biri, o'lkamizni yanada obod va ko'rkam qilishdir. Yurtboshimiz taklifi bilan 2011 yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb ataladi. O'tgan yillarda xalqimizning salomatligi, ta'lim-tarbiyasi ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan edi. Ota-bobolarimiz azaldan yosh avlodni halol mehnat, kasb-hunar bilan tarbiya qilgan. Oilani beminnat rizq- nasiba bilan ta'minlash, yashab turgan hovli- joyi, mahallani obod ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.7 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.7 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga