Azotning o'simliklar hayotida tutgan o'rni haqida tushuncha

Azotning o'simliklar hayotida tutgan o'rni haqida tushuncha

O'quvchilarga / Botanika
Azotning o'simliklar hayotida tutgan o'rni haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Azotning o'simliklar hayotida tutgan o'rni Reja: 1. Azot haqida umumiy ma'lumot. 2. Azotni o'simliklar hayotidagi ahamiyati. 3.Azotli o'g'itlarning o'simliklarga ta'siri. 4.Xulosa. Azot-bu rangsiz, ta'msiz, va hidsiz gazdir. U suvda biroz eriydi.juda past haroratda yoki yuqori bosimda azot suyuqlikka aylanadi. Odatdagi atmosfera bosimi sharoitida 210 seltsiy darajasida azot suyuq holatga o'tadi. Havoning tarkibida bu qadar ko'p azot bor ekan, tirik mavjudotlar uchun azot olish muammosi bo'lishi mumkin emasdek tuyuladi. Aslida esa tabiatda faqat dukkaklilar oilasiga mansub o'simliklargina havodagi azotni bevosita yutish qobiliyatiga ega. Barcha qolgan tirik organizmlar, shu jumladan, odamlar ham sof azotni o'zlashtira olmaydi. Kerakli azotni olish uchun odamlar o'simliklarning ayrim turlaridan yoki o'txo'r hayvonlarning go'shtidan tayyorlangan oqsili ozuqalarni iste'mol qiladilar. Biz nafas olar ekanmiz, havo tarkibida mavjud azotni ham qabul qilamiz. Biroq azot, kisloroddan farqli o'laroq bizning o'pkamiz tomonidan o'zlashtirilmaydi va shu boisdan uni shunchaki nafas yo'li orqali orqaga qaytaramiz. Biroq atmosferada azotning mavjudligi sababli biz kislorodni haddan ziyod qabul qilmaymiz. Kislorodning ozligi inson uchun qanchalik xavfli bo'lsa, uning me'yordan ortiqchaligi ham shu qadar xavflidir. Boshqa jonzotlar to'g'risida gapiradigan bo'lsak, ular ham azotni turli boshqa elementlar bilan birikmalar holida qabul qiladi: o'simliklar-tuproqdan, hayvonlar-o'simliklardan yoki boshqa hayvonlardan o'zlashtiradi. Azot boshqa elementlar bilan katta qiyinchiliklarga uchrab o'zaro ta'sirga kirishadi. Masalan,tabiatdagi kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. ELEMENTLARNING O'SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI Azot o'simliklar uchun asosiy oziqlardan biridir. Mineral va organic birikmalari tuproqqa yog'in-sochin bilan yoki o'g'it sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, ba'zi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi bo'shliqni to'ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.Suyuq azotdan past temperatura bilan bog'liq bo'lgan ishlarda (kriostatlar, vacuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. O'rta Osiyoning quruq cho'l iqlimida ko'p miqdorda selitra to'planadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalar, xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo'lganligidan o'simliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega.O'simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o'zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birikmalariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot to'planadi.U tuproqda asosan 4 xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar, oqsil organik azoti (to'liq parchalanmagan o'simlik qoldiqlari). Azot o'simliklar uchun asosiy ozuqa elementi hisoblanadi O'simlik tarkibida azot ozuqa elementlari: oqsil va boshqa vita'minlarning, ayniqsa, B vita'minlari guruhining hosil bo'lishiga yordam beradi. Azot yetishmagan yerdagi ekinlar bargi och yashil, ba'zi ekinlarda (turp, karam, makkajo'xori) sariq-qizil dog'lar, barglari juda kichik, yupqa, gullari nimjon, shoxlari mayda, mevasi muddatidan oldin pishib, kichik-kichik bo'lib barglari tushib ketadi. Azot miqdori ko'p bo'lishi o'simlikning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga