Bahorgi g'alla ekinlari Organik va mineral o'g'itlarning birgalikda ishlatilganda ularning alohida-alohida ishlatilanga qaraanda ko'p samara beradi. Bu qo'shimcha samaraga eng avvalo tuproqda bo'ladigan mikrobiologik jarayonlar natijasida erishiladi, yaoni tuproq va go'ng tarkibidagi organik moddalar intensiv suroatda parchalanadi, chiriydi. Mineral o'g'itlar tarkibidagi fosforning tuproqda qiyin o'zlashadigan shaklga o'tish darajasi kamayadi. Bug'doy o'simligining kimyoviy tarkibi Shuningdek donli o'simliklarning tarkibida fermentlar va komileks B vita'minlari (B1, B2, B6), PP va provitamin A bor. Go'ng bilan birga tuproqqa anchagina miqdorda mikroelementlar ham tushadi. Yoyirik shoxli hayvonlar go'ngning har tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 230 gr marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr kobalt, 2 gr molibden va 0,4 gr yod bor. Go'ngning chirishi natijasida karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi va havoning yerga yaqin qatlamini karbonat angidrid gazi bilan boyitadi, bu bilan esa o'simliklarda bo'ladigan fotosintez jarayonining mahsuldorligini ko'paytirai. Go'ng va mineral o'g'itlarning birga qo'shib ishlatilishi tuproq eritmasining yuqori kontsentratsiyasini qo'tara olmaydigan, lekin o'suv davrida nisbatan ko'p o'g'it talab qiladigan ekinlarda yaxshi samara beradi. Organik va mineral o'g'itlar tuproq tarkibidagi chirindi miqdoriga ham taosir qiladi. Ko'p yillik tajribalarning guvohlik berishicha, uzoq vaqt mobaynida tuproqqa o'g'it solmasdan qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish natijasida tuproq tarkibidagi chirindi miqdori anchagina kamaygan. Tuproq tarkibdagi chirindi miqdorini kamayib ketishini to'xtatish uchun har yili tuproq tipiga qarab, 10-20 tonnadan organik o'g'itlar solib turish kerak. Go'ngni eng avvalo chopiq talab ekinlarga solish zarur. Chunki qator oralarga ishlov berilganda, organik moddalarning minerallanishi kuchayadi va o'simliklar go'ngdagi ozuqa moddalardan to'la foydalanadi, bu ayniqsa, uzoq vegetatsiya davriga ega bo'lgan ekinlar uchun foydalidir. E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR! ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
490.28 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
490.28 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: ppt