Mavzu: Bakterial o'g'itlash. Fosfobakterin, azotobyekterin, nitrobakterin Reja: 1 Bakterial o'g'itlash 2 fosfobakterin 3 azotobyekterin 4 nitrobakterin Bakterial o'g'itlar - tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari bo'lgan preparatlar. Bakterial o'g'itlar tuproqqa solinganda o'simlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va o'simlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil bo'ladi. Bakterial o'g'itlar Bakterial o'g'itlar mikroorganizmlari o'simliklarning azot, fosfor va boshqa elementlar bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Ular o'simliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vita'minlar va boshqalar)ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, Bakterial o'g'itlar kasallik tug'diruvchi zamburug''larning kushandasi bo'lib, o'simliklarni kasallanishdan saqlaydi. O'zbekiston qishloq xo'jaligida 1935-yildan boshlab qo'llanilgan. B.o'.dan azotobakteriya, nitragin, fosforobakterin va boshqa ishlatiladi. Urug'lik ekish oldidan Bakterial o'g'itlar bilan dorilanadi Bakterial o'g'itlar quruq binoda 0 dan 10° gacha haroratda zavod idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi. Fosforbakterin - bakterial o'g'it; tarkibida fosfororganik birikmalarni o'simliklar o'zlashtira oladigan shaklga o'tkazish krbiliyatiga ega bo'lgan mikroorganizmlar sporasi bor. F. yuqtirilgan urug'lik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar o'simlikning ildiz atrofida rivojlanadi. F. suyuq yoki quruq holda bo'ladi. Ekish oldidan 1 ga maydonga ekiladigan uro'g'likka 100 ml suyuq yoki 250 g kukunli F. sarflanadi. Meva daraxtlari ko'chatlarini o'tqazishda 10-15 g kukunli F. 10-20 l suvda eritiladi va ko'chat uchun qazilgan chuqurga ozozdan quyiladi yoki ko'chat ekilganidan keyin tuproq yuziga sepiladi va tuproq yumshatib qo'yiladi. F. organik moddalarga boy, unumdor tuproqlarda yaxshi samara beradi. Azotobakterin, azotogen - tar-kibida mikroorganizmlar (azotobakter) bo'lgan bakterial o'g'it; azotobakter at-mosferadagi azotni o'zlashtirib, uni o'simlik oson o'zlashtira oladigan shak-lga aylantirib beradi. Tuproqli A. (bunda neytral tuproq substrat vazifa-sini o'taydi) hamda agarli A. (substrat - agar-agar) farq qilinadi. Tuproqli A. qo'llaniladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun A. chirindi moddasiga boy bo'lgan tomorqa yoki bog' tuprog'ida ko'paytiriladi. A. maxsus zavod va laboratoriyalarda torfli, chirindili yoki agarli pre-parat holida tayyorlanadi. A. dukkaksiz o'simliklarning azotli oziqlanishini yaxshilash uchun madaniylashgan, neytral reaksiyali hamda tarkibida yetarli miqdorda fosfor bo'lgan tuproqqa urug'lik bilan birga solinadi. 1 ga yerga sarflanadigan urug'lik normasiga 3-6 kg A. qo'shiladi (qarang Azot to'plovchi mikro-organizmlar, Bakterial o'g'itlar). Nitrofoska - tarkibida azot, fosfor, kaliy bo'lgan murakkab mineral o'g'it. Unda 12% dan azot, fosfor va kaliy bor. N. fosfor xom ashyosi (apatitlar yoki fosforitlar)ni nitrat kislota bilan parchalab, unga kaliy xlorid qo'shib donadorlash va quritish yo'li bilan ishlab chiqariladi. G'o'zaga samaradorligi oddiy o'g'it aralashmasi samaradorligigayaqin. Oziqlantirishda 50- 70 kgga (azot bo'yicha) me'yorlarda so-linadi. N. yopiq binolarda qog'oz va polietilen krplarda saqlanadi. Qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun hammanizga RAXMAT ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.19 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.19 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: pptx