Bakteriofag - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Bakteriofaglar haqida umumiy tushuncha. 2. Bakteriofaglarning morfologiyasi, to'zilishi va ko'payishi. 3. Bateriofaglarning xususiyatlari. 4. Bakteriofaglar to'g'risidagi nazariyalar. «Fagos» - grekcha so'z bo'lib, yemiraman degan ma'noni anglatadi. Bakteriyalarda boshqa turli tirik mavjudotlarga o'xshash o'zining paraziti bo'ladi va bu bakteriofag deyiladi. 1917 yili frantsiyalik olim D. Erell ichburug' kasalligi bilan ogrib tuzalgan odamning najasida fil'trdan o'tuvchi allaqanday bir narsa borligini aniqladi. Filtrdan o'tuvchi bu narsa kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyani eritib, kasal qishining tuzalishiga katta yordam berganligini isbotladi va usha fil'trdan o'tuvchi narsaga «bakteriofag» deb nom berdi. Bakteriofag ta'sirida bakteriyalarning erib ketishi bakteriofagiya hodisasi deyiladi. Bakteriofagiya hodisasini D. Erelldan oldin Gamaleya (1889) va Tvort (1915) ko'rishgan bo'lsa ham, lekin ular buni atroflicha tekshirmasdan qoldirishgan. D. Erell bakteriofagiya hodisasini va bakteriofagni chuqur tekshirgan olim. Keyingi vaqtlargacha bakteriofag nimaligi to'g'risida turli fikrlar aytilib kelindi. Ayrim olimlar bakteriofagni ferment deb hisoblagan edi. Lekin D. Erell o'z tajribalariga asoslanib, bakteriofagni ko'payuvchi tirik organizmdir, degan fikrda bo'lgan. Hozirgi vaqtda bakteriofagni atroflicha tekshirish natijasida uning nimaligi va ko'p xususiyatlari aniqlandi. Fagning morfologiyasi. Tekshiruvchi olimlar bakteriofagning korpuskulyar zarrachalardan iborat ekanligini isbotladilar. Fag zarrachalari juda mayda bo'ladi, ba'zilari 8-10 mμ dan 90-100 mμ gacha bo'lishi mumkin. Fag zarrachalari 50 00 marta katta qilib ko'rsatadigan elektron mikroskopda tekshirilsa, u taxminan spermatozoidga o'xshash shaklda bo'lib ko'rinadi. Ba'zi faglar dumaloq yoki tayoqcha shaklda bo'lishi va ularning kattaligi 200-300 mμ gacha bo'lishi mumkin. Bakteriofag bioximiyaviy jihatdan tekshirilganda uning bosh qismida oqsil modda borligi aniqlangan. Bu oqsil modda dezoksiribonuklein kislota (DNK) dan iborat bo'lib, ayrim faglar tarkibida bu kislotaning miqdori 37-42 protsentni tashkil etadi (bakteriya tanasida DNK - 5,2% bo'lishi isbotlangan). Bakteriofag tarkibida nukleoproteidlar ham borligi aniqlangan. Fagning dum qismi o'siq bo'lib, uning ust qismi qisqaruvchan qobiq bilan qoplangan. Elektron foto bilan suratga olib tekshirilganda bakteriofagning bakteriya tanasiga qanday ta'sir etishi va fagning ko'payishi aniqlangan va u 4 fazadan iborat. 1. Adsorbtsiya qilinadi. 2. Bakteriya hujayrasiga kiradi. 3. Bakteriya hujayrasida rivojlanadi. 4. Bakteriya hujayrasini eritib, tashqi muhitga chiqadi. 1-faza. Bunda fag zarrachasi bakteriyaning tanasiga kelib, dum qismi bilan yopishadi. 2-faza. Fag bakteriya hujayra qobig'ini bo'zib ichkariga kiradi, yoki ichkariga kirmasdan o'zining bosh qismidagi DNKni shprits singari hujayra ichiga yunaltiradi. 3-faza. Bunda fag bakteriya hujayrasining har xil kerakli moddalaridan oziqlanib, bakteriya tanasida yashab ko'paya boshlaydi, ya'ni maxsus erituvchi ferment hosil qilib, hujayraning oqsil moddalarini eritib hazm qiladi, natijada ko'payadi. 4-faza. Bakteriofag zarrachalari ko'paygan sari bakteriya ichida bosim ortadi, bakteriya tanasi shishib, bakteriyaning shakli o'zgaradi va nihoyat bakteriya hujayrasi yorilib uladi. Yorilgan bakteriya ichidan yosh bakteriofag zarrachalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.16 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.16 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga