Barg morfologiyasi. Barg anatomik tuzilishi

Barg morfologiyasi. Barg anatomik tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Barg morfologiyasi. Barg anatomik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Barg vazifasi 2. Barg qismlari 3. Barg plastinkasining tuzilishi 4. Bargning poyaga joylanishi 5. Murakkab barglar 6. Barg metamorfozasi 7. Barg ichki tuzilishining xillari 8. Barg ichki tuzilishining o'simlikning yashash sharoitiga bog'liqligi 9. Dorzoventral barg anatomiyasi 10. Izoloterial barg anatomiyasi 11. Radial barg anatomiyasi Barg morfologiyasi-Folium . Barg o'simligining asosiy vegetativ organi bo'lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug' embrionidan yoki kurtakdan o'sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o'sadi. Ba'zi o'simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o'sadi. Ko'pchilik o'simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to'kiladi. Ba'zi o'simliklarning bargi esa bir necha yil to'kilmasdan turadi. Masalan: qarag'ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o'simlikning bargi 100 yil to'kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat: 1.BARGNING BANDI (Chereshok) 2.BARGNING PLASTINKASI Go'za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog'i, 3-barg bandi. Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko'knorining bargi. Ba'zi o'simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G'alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o'simliklar. Lolaning bandsiz bargi Terakning to'rsimon tomirli bargi Bug'doyning parallel tomirli bargi Barg bandli ham bo'ladi. Bunga chereshkovыy list deyiladi. Ba'zi o'simliklarning bargining tagida qo'shimcha bargi ham bo'ladi. (prilistnik) Masalan:no'xat, g'o'za barglari tagida. Agar barg plastinkasi 1 ta bo'lsa oddiy barg deyiladi. Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo'lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o'rta tomiriga nisbatan 31 qismi qirqilgan bo'lsa, bo'lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g'o'za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo'lsa, ammo o'rta tomirigacha yetmagan bo'lsa, kesik barg (razdelnыy list) deyiladi. Mas:qoqio't,jag'-jag'. Agar barg plastinkasi o'rta tomirigacha qirqilgan bo'lsa, ajralganbarg (rassechyonnыy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka. Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokraynыy)yoki tishsimon (zubchatыy) arrasimon (pыlchatыy) yoki o'yiqsimon (gorodchatыy) bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo'lishi mumkin. Turli shakldagi barglar: 1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o'qsimon. O'rikning bargi(oddiy barg). Barg plastinkasi har xil kattalikda bo'ladi. Mas: Gruziyada o'suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo'ladi. Odam bemalol ko'rpa qilib ustiga yopsa bo'ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o'rnashadi. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralnыy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinnыy) o'rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o'simliklar, yalpiz, shalfey. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatыy)joylashgan. Sambitgul o'simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo'lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o'zlarining bandchalari bilan joylashgan bo'lsa, murakkab barg (slojnыy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo'ladi: 1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojnыy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi. 2. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.57 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga