Reja: 1.Barg vazifasi 2.Barg qismlari 3.Barg plastinkasining tuzilishi 4.Bargning poyaga joylanishi 5.Murakkab barglar 6.Barg metamorfozasi 7.Barg ichki tuzilishining xillari 8.Barg ichki tuzilishining o'simlikning yashash sharoitiga bog'liqligi 9.Dorzoventral barg anatomiyasi 10.Izoloterial barg anatomiyasi 11.Radial barg anatomiyasi BARG MORFOLOGIYaSI-Folium Barg o'simligining asosiy vegetativ organi bo'lib ќisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug embrionidan yoki kurtakdan o'sib chikadi. Barg pastki tomoni bilan o'sadi. Bazi o'simliklarda ma-salan: kirkkuloksimonlarda barg uchi bilan o'sadi. Ko'pchilik o'simliklar bargi bahorda chikib kuzda to'qiladi. Bazi o'simliklarning bargi esa bir necha yil to'kilmasdan turadi. Masalan: karagayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o'simlikning bargi 100 yil to'kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 kismdan iborat: 1.BARGNING BANDI (Chereshok) 2.BARGNING PLASTINKASI Bazi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko'knorining bargi. Bazi o'simliklarning bargi kinli (Vlagalishniy list). Masalan: Falladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o'simliklar. Barg bandli ќam bo'ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Bazi o'simliklarning bargining tagida ko'shimcha bargi ќam bo'ladi. (prilistnik) Masalan:no'xat, go'za barglari tagida. Agar barg plastinkasi 1 ta bo'lsa oddiy barg deyiladi. Barg plastinkasi butun yoki kirkilgan bo'lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o'rta tomiriga nisbatan 31 kismi kirkilgan bo'lsa, bo'lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, go'za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ќam chuqurrok kirkilgan bo'lsa, ammo o'rta tomirigacha yetmagan bo'lsa, kesik barg (razdelniy list) deyiladi. Mas:kokio't,jag-jag. Agar barg plastinkasi o'rta tomirigacha kirkilgan bo'lsa, ajralganbarg (rassechyonniy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka. Barg plastinkasining cheti tekis kirrali (tselnokrayniy)yoki tishsimon (zubchatiy) arrasimon (pilchatiy) yoki o'yiksimon (gorodchatiy) bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi ќar xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lantsetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi ќar xil kattalikda bo'ladi. Mas: Gruziyada o'suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo'ladi. Odam bemalol ko'rpa qilib ustiga yopsa bo'ladi. Barg poyaga har xil ravishda o'rnashadi. Bazi o'simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralniy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinniy) o'rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o'simliklar, yalpiz, shalfey. Bazi o'simliklarning bargi poyada halqasimon ravishda (mutovchatiy)joylashgan. Sambitgul o'simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo'lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o'zlarining bandchalari bilan joylashgan bo'lsa, murakkab barg (slojniy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo'ladi: 1.3 plastinkali murakkab barg(troycxatoslojniy list) Mas: kulupnay, bedananing bargi. 2.Tok patli murakkab barg.(neparnoperistoslojniy list) Mas: namatak, yongok, akatsiya bargi kiradi. 3.Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojniy list) Mas: no'xatning bargi, sarik akatsiyaning bargi. 4.Panjasimon murakkab barg (palcxatoslojniy list) Mas: nasha, kashtanning bargi Barg plastinkasining tomirlanishi ќar xil bo'ladi. Bir pallali o'simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo'ladi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.05 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.05 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: doc