Reja: 1. Bargning vazifasi. 2. Bargning morflogik tuzilishi. 3. Barglarning tomirlanishi. 4. Barglarning hayot kechirish davri. 5. Barg metamorfozi. 1. Barg vegetativ a'zo sifatida yuksak o'simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o'simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. Barg poyada joylashgan bo'lib, uning o'sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo'ladi. Ular poyada o'ziga xos navbat bilan joylashgan bo'lib, uning eniga va bo'yiga o'sishi bargning asosini va barg yaprog'ini hosil qiladi. Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. 1. Fotosintez 2. Gazlar almashinuvi 3. Suv bug'latish 4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz) 5. Himoya vazifasi (tikanaklar) 6.Vegetativ ko'payishga, xizmat qiladi. (yapon binafshasi, begoniya) Fotosintez jarayonini К. A. Temiryazov har tomonlama o'rganib, ko'p yillik mehnati asosida quyosh, hayot va xlorofill nomli asarini yozadi. Bu asarda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o'tish qonuniga amal qilshi bayon qilingan. Bu jarayonni 1840-yilda J. B. Busenko tomonidan taklif qilingan quyidagi formula bilan ifodalash mumkin. YORUG'LIК 6 CO2 + 6 H2O ¾¾® C6 H12 O6 + 602 + 674 kkal xlorofill Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo'lgan organik moddalar hosil bo'ladi. Olimlarning hisoblashlaricha Yer sharidagi barcha yashil o'simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o'zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi. Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida hosil bo'lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi. C6H12O6 Q 6O2 ¾® 6SO2 6H2O Q 2721,8 kdj. Suv bug'lanish jarayoni natijasida o'simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida parlatiladi. Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o'simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug'latish xususiyati tufayli o'simlikda tinimsiz suv harakati ta'minlanadi. Suv bug'lanish jarayoni tufayli, cho'l zonasida o'suvchi o'simlik tanasining harorati havo haroratiga nisbatan 7-80 C ga past bo'ladi. Masalan: Bir tup makkajo'xori yoz bo'yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv bug'latadi. 1ga maydondagi suli eqilgan joydan 3 00 00 kg, karam ekilgan joydan 2700 kg suv bug'latiladi. 100g shimilgan suvning 990 gr parlatilsa 10gr o'simlikda saqlab qolinadi. Кunduzi 1m2 barg yuzasi 50. 250gr suv bug'latilsa, kechasi 1-20g suv bug'latadi. 2. Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo'ladi va barg bandi, plastinkasi, yon bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va yaprog'ini orasida hosil bo'ladi. Uning vazifasi bargni yorug'likka ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.71 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.71 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: doc