26-§. BARGLARNING ICHKI TUZILISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Barglar ham, o'simliklarning boshqa organlari kabi, hujay ralardan tuzilgan. Barglarning qanday hujayralar va to'qimal ardan tuzilganligini faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Buning uchun birorta o'simlikning yangi bargidan ko'ndalangiga yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi, so'ngra ustidan qoplagich oyna yopib, mikroskopda ko'riladi. Barg yaprog'ining ustki va orqa tomoni po'st bilan qoplangan. Uning hujayralari bir-biriga zich joylashgan. Barg po'stining deyarli hamma hujayralari shaffof bo'lib, ular orqali yorug'lik barg ichiga o'tadi. Po'st bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po'stida yana loviyasimon juft hujayralar bo'l ib, ularda sitoplazma va mag'iz dan tashqari, yashil tusdagi plastidalar ham bo'ladi. Ular barg og'izcha lari hujayralari de yiladi. Og'iz chalar barglarning faqat pastki tomonida emas, balki ustki tomonida ham bo' ladi. Barglarning ustki va orqa to monidagi po'sti oralig'ida barg eti hujayralari joylashgan. Ular qobiq hamda sitoplazma, mag'iz, xlorofill donachalaridan tashkil topgan. Barg eti hujayralari bir necha qavat bo'lib joylashgan. Ustki po'st tagidagi qavat ustunchalarga o'xshash cho'ziq hujayr alardan tashkil topgan. Uning tagida ovalsimon va yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan. Bargning ko'ndalang kesmasida tomirlarni ko'rish mumkin. Ular ichida qalin devorli o'lik hujayralardan tashkil topgan naychalar joylashgan. Shu ningdek, tomirlarda naychalardan tashqari, cho'ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar ham bor. Bu hujayralar to'rga o'xshab, bir-biri bilan ko'p sonli teshikchalar orqali tutashgan elaksimon naychalarni hosil qiladi. Bargdagi tomirlarda suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi. Bulardan tashqari, tomirlarda yana po'sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar (tolalar) ham bo'ladi. Bular bargga mustahkamlik beradi. Naychalar, elaksimon naychalar va tolalar birgalikda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiladi. Tomirlar barg etining hamma qismiga kirib boradi. Shunday qilib, barglarning ichki qismi qoplovchi, asosiy, o'tkazuvchi va mexanik to'qimalardan tashkil topgan. Savol va topshiriqlar Bargning ichki tuzilishi qanday qismlardan iborat? Bargning po'st hujayralari qanday tuzilgan? Barg eti hujayralari po'st hujayralaridan qanday farq qiladi? Barg og'izchasi qanday tuzilgan? Bargda qanday to'qimalar bor? E'tiboringiz uchun raxmat! 18-§. BARGLARNING ICHKI TUZILISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Barglar ham, o'simliklarning boshqa organlari kabi hujayralardan tuzilgan. Birorta o'simlikning yangi bargi-dan ko'ndalangiga yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi, so'ngra ustidan qoplagich oyna yopib, mikroskopda ko'riladi. Barg yaprog'ining ustki va ostki tomoni po'st bilan qop-langan. Uning hujayralari bir-biriga zich yondashgan. Barg po'stining deyarli hamma hujayralari shaffof bo'lib, ular orqali yorug'lik barg ichiga o'tadi. Po'st bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po'stida yana loviyasimon juft hujayralar bo'lib, ularda sitoplazma va yadrodan tashqari, yashil tusdagi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.51 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.51 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: ppt