Belladonna, belladonna, levzeya va namatak o'simliklar o'stirish texnologiyasi

Belladonna, belladonna, levzeya va namatak o'simliklar o'stirish texnologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Belladonna, belladonna, levzeya va namatak o'simliklar o'stirish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Belladonna, belladonna, levzeya va namatak o'simliklar o'stirish texnologiyasi Reja: Belladonna Levzeya Namatak Oddiy (dorivor) belladonna - Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi - Atropa caucasica Kreyer; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi. Belladonna ko'p yillik, bo'yi 2 m ga etadigan o'simlik. Ildizpoyasi ko'p boshli, ildizi esa yo'g'on va sershox bo'ladi. Poyasi tik o'suvchi, bitta, bazan bir nechta, yo'g'on, yashil rangli, pastki qismi shoxlanmagan, yuqori qismida esa 3 ta shox hosil bo'lib, ular o'z navbatida ayrisimon joylashgan to'p shoxchalar chiqaradi. Bargi oddiy, to'q yashil, poyada kalta bandi bilan ketma-ket, juft-juft joylashgan. Bu juft barglarning bittasi doim katta bo'ladi. Yirik barglari ellipssimon, maydalari esa tuxumsimon. Gullari barg qo'ltig'ida osilgan holda yakka-yakka yoki juft-juft joylashgan. Gulkosachasi besh tishli, silindrsimon-qo'ng'iroqsimon, meva bilan birga qoladi, gultojisi besh bo'lakli, uchki qismi orqa tomonga bir oz qayrilgan bo'lib, binafsha rangga, asos qismi esa sariq-qo'ng'ir rangga bo'yalgan. Otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi - binafsha-qora rangli, yaltiroq, ikki xonali, bir oz yassi, ko'p urug'li, nordon-shirin mazali ho'l meva. Urug'i buyraksimon, qo'ng'ir rangli bo'lib, ustki tomonida chuqurchalari bor. Iyun-iyul oylarida gullaydi. O'simliknshi hamma qismi zaharli, Dorivor belladonna o'simligi poyasining yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan, tojbargi to'qroq. Kavkaz belladonnasining poyasi tuksiz bo'ladi. Tibbiyotda har ikkala o'simlik ham bir xilda ishlatiladi. Geografik tarqalishi. Har ikkala o'simlik ham 200-100 m balandlikdagi o'rmon va yo'l yoqalarida, suv bo'ylarida, o'tloqlarda o'sadi. Kavkaz belladonnasi Zakavkazeda, Shimoliy Kavkazda va Krasnodar o'lkasida, dorivor belladonna esa Karpatda, o'arbiy Ukrainada, Qrimning tog'li, o'rmonli tumanlarida va Moldova Respublikalarida uchraydi. Hozir belladonnalar Krasnodar o'lkasida, Qrimda va Poltava hamda Voronej viloyatlarida o'stirilmoqda. Mahsulotnng tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot o'simlik bargidan, yer ustki qismidan va ildizidan iborat. Belladonnaning bargi oddiy, ellipssimon va tuxumsimon, o'tkir uchli, tekis qirrali, yashil yoki qo'ng'ir-yashil rangli, kalta bandli, yupqa, tuksiz, mo'rt, uzunligi 25 sm ga, eni 13 sm ga etadi. Mahsulot hidsiz bo'lib, achchiq-o'tkir mazasi bor. XI DF ga ko'ra bargining namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3%, qoraygan va ko'ng'ir rangga aylangan barglari 4%, belladonna poyasining yuqori qismi (guli yoki mevasi bilan birga) hamda ayrim meva yoki gullar aralashmasi 4%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm li elakdan o'tadigan mayda qismi 4% dan, qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo'lgan qismlar 8%, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o'tadigan qismi 10% dan oshiq bo'lmasligi lozim. Barg namni tez tortib oladigan - gigroskopik bo'lganligi sababli, uni quruq xonalarda va og'zi yopiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.74 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.74 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga