Belladonna, levzeya va na'matak o'simliklar o'stirish texnologiyasi Reja: 1. Belladonna 2. Levzeya 3. Na'matak Belladonna ko'p yillik, bo'yi 2 m ga yetadigan o'simlik. Ildizpoyasi ko'p boshli, ildizi esa yo'g'on va sershox bo'ladi. Iyun-iyul oylarida gullaydi. O'simlikni hamma qismi zaharli Oddiy (dorivor) belladonna - Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi - Atropa caucasica Kreyer; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi. Belladonna Belladonna o'simligini o'stirish texnologiyasi O'simlik asosan Krasnodar o'lkasi, Poltava va Voronej viloyatlarida o'stiriladi. Hozirgi kunda O'zbekistonda ham ekilib kelinmoqda. Gektariga 8 kg urug' sarflanadi. Urug' chuqurligi 1,5-2 sm, qator oralig'i 60 sm dan qilib ekiladi. O'simlikning urug'i qattiq bo'lganligi sababli 15-17 kunda unib chiqadi. Belladonnani o'sish va rivojlanish davrida, albatta, 2-3 marta begona o'tlar va zararkunandalardan saqlash kerak. Levzeya - Rhaponticum carthamoides (Willd.) IIjin. [Leuzea carfhamoides (Willd.) D.C.]; murakkabguldoshlar - Compositae oilasiga kiradi Levzeya ko'p yillik, bo'yi 50-180 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizpoyasi yog'ochlangan, yo'g'on, shoxlangan bo'lib, yer ostida gorizontal joylashgan. Levzeya tibbiyotda Maxsarsimon levzeya o'simligini yetishtirish. Maxsarsimon levzeya O'zbekistonga 1955 yilda Leningradning botanika bog'idan olib kelib ekilgan. O'simlik yorug'sevar, nisbatan qurg'oqchilikka chidamliligi, sovuqqa bardoshliligi, o'sib rivojlanish davomida issiqqa talabchan emasligi bilan ajralib turadi va 5°S darajagacha sovuqqa chidaydi. Na'matak - Rosa (Cynosbatum) Na'matak turlari bo'yi 2 m ga yetadigan tikanli buta. Novdasi egiluvchan bo'lib, yaltiroq qo'ng'ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po'stloq hamda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, Dorivor preparatlari. Askorbin kislota - vitamin S (kukun, draje, tabletka va ampulada eritma holida chiqariladi), mevadan damlama, ekstrakt, karotolin, na'matak moyi va sharbat (ho'l mevadan) hamda tabletkalar (kukunidan) tayyorlanadi. Na'matakni o'stirish texnologiyasi Ekilgan urug'larni ustiga 1 sm qalinlikda mayda chiritilgan go'ng yoki yog'och qipig'i ham sepilsa namlikni saqlab turishga yordam beradi. Shu bilan birga nihollarni sovuq urishidan asraydi. Bahorning kelishiga qarab, dastlabki nihollar mart oyining birinchi dekadasida o'sib chiqadi. Mart oyida o'simlikni begona o'tlardan tozalab qator oralariga ishlov beriladi. Na'matak turlari o'rmonlarda, ariq bo'ylarida, butalar orasida, tog'larning quruq toshloq yon bag'irlarida va boshqa yerlarda o'sadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Agroximiya (Pod red. B. A. Yagodina). Moskva, 1982. 2.Voprosi agrotexniki vozdelivaniya lekarstvennix kultur. Chast 1, Moskva, 1978. 3. Spravochnik po lekarstvennim kulturam. Voronej, 1963. 4. Xolmatov X. X., A. I. Qosimov ruscha-latincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'ati, Toshkent, 1992. 5. Xolmatov X. X., Ahmedov O'. A. Farmakognoziya, Toshkent, 2007 y. 6. Musayev B. S. O'g'it qo'llash tizimi, Toshkent, 1998. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: pptx