Bioenergetika fanining rivojlanishi va begona o'tlarni klassifikasiyasi to'g'risida tushuncha. O'zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o'tlar

Bioenergetika fanining rivojlanishi va begona o'tlarni klassifikasiyasi to'g'risida tushuncha. O'zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o'tlar

O'quvchilarga / Botanika
Bioenergetika fanining rivojlanishi va begona o'tlarni klassifikasiyasi to'g'risida tushuncha. O'zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o'tlar - rasmi

Material tavsifi

Fanning rivojlanishi va begona o'tlarni klassifikasiyasi to'g'risida tushuncha O'zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o'tlar Reja: Karantin begona o'tlarfanini ahamiyati. O'zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o'tlar. Karantin begona o'tlar fanini ahamiyati Karantin begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari fani Respublika hududida namayon bo'ladigan, rivojlanadigan, tarqaladigan begona o'tlarnining turlar tarkibi, morfologik, biologik xususiyatlari va ularga qarshi o'tkaziladigan karantin tadbirlarini belgilash yo'llarini ko'rsatib beradi. Karantin begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari fani zimmasiga maxsus xizmat vakillarini va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan birga ekin dalalarida tarqalishi lozim bo'ladigan begona o'tlarning namoyon bo'lish xavfini, rivojlanishi va tarqalishini oldindan bashorat qilish malakasini hosil qilishdan iboratdir. Tegishli qishloq xo'jalik tashkilotlariga nazorat natijalari to'g'risida ma'lumot berishdan maqsad o'tkazilishi lozim tadbirlarning miqdori va muddatlarini aniqlashga o'rgatadi. Ta'lim jarayonida zararli organizmlarga qarshi o'tkaziladigan karantin tadbirlarning samarasini to'g'ri baholash, begona o'tlar tarqalgan maydonlarni aniqlash, namunalar yig'ish va qarshi kurash tajribasi hosil qilinadi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada, viloyatlarda, tumanlarda, shaharlarda karantin inspekciyalari tashkil qilingan. hozirgi vaqtda 14 ta viloyat karantin inspekciyasi, 167 ta o'simliklar karantini bo'yicha tuman o'simliklar karantini inspekciyalari, 31 ta chegara karantin postlari, 14 ta fumigacion otryadlar, 6 ta karantin pitomniklari, 1 ta karantin laboratoriyasi, 1 ta botanika bog'i, 2 ta oranjereya va 26 ta Davlat nav sinash uchastkalari Respublikamizdagi fitosanitar holatni nazorat qilish bo'yicha ish olib bormoqda. Uning tarkibida tajriba va selekciya stanciyasilari, nav sinash maydonchalari tashkil qilingan. O'simliklar karantini ma'lum hududda uchramaydigan, chet eldan kelib qolishi mumkin bo'lgan begona o't, zararkunandalar, kasalliklarning o'tishidan himoya qilishga, o'tgan taqdirda esa darrov havf oldini olish va yo'q qilishga qaratilgan davlat ahamiyatiga ega bo'lgan tadbir va choralar sistemasidir. Karantin chora tadbirlari O'zR Vazirlar maxkamasi qoshidagi Respublika O'simliklarni himoya qilish va O'simliklar karantini Davlat Bosh inspekciyasi tomonidan amalga oshiriladi. Karantin begona o'tlar fanining vazifasi zararli begona o'tlarni mamlakat ichkarida yoki tashqarisiga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, bu organizmlar ekinzorlarda paydo bo'lgan taqdirda, tarqalish vaqtini nazarda tutib uni chegaralash tadbirlarini ishlab chiqishga tavsiyalar beradi. Bu fan Respublikaning turli mintaqalarida tashkil qilingan xo'jalik va chegara postlarida ishlaydigan mutaxasislarni zararli begona o'tlarni turlar tarkibini va miqdorini aniqlash yo'llaridagi mavjud huquqiy hujjatlar, qonunlar bilan tanishtiradi. Har bir mintaqada mavjud va kirib kelishi mumkin bo'lgan begona o'tlarning rivojlanishi va tarqalishida ularning biologik xususiyatlarining ahamiyati bilan tanishtiradi. O'tkazilgan nazorat yuzasidan ma'lumotlar tuzish, uni yuqori tashkilotlarga taqdim etish va tarqalishi xavf tug'diradigan va kirib kelishi mumkin bo'lgan turlar ro'yxati bilan tanishtiradi. O'simliklar karantini meteorologiya, iqlimshunoslik, kimyo, fizika, gigiyena va toksikologiya fanlari bilan uzviy bog'liq. Karantin so'zi (ital. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga