Biogeotsyenoz, biotsenoz, fitotsyenoz haqida umumiy tushuncha

Biogeotsyenoz, biotsenoz, fitotsyenoz haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Botanika
Biogeotsyenoz, biotsenoz, fitotsyenoz haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Biogeotsenoz 2. Biotsenoz 3. Biotsenozlarning tuzilishi Biogeotsenoz Biogeotsenoz terminini dastlab 1948 yilda Vladimir Nikolaevich Sukachev ilmiy muomilaga kiritgan. V. N. Sukachev biogeotsenozga shunday ta'rif bergan:-Biogeotsenoz-yer yuzasining muayyan masofasidagi bir xil tabiiy hodisalar (atmosfera, tog' jinslari, o'simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar dunyosi, tuproqlar va gidrologik sharoitlar) ning majmuasidir. Bu majmua uni tashkil etuvchi komponentlar o'zaro ta'sirining o'ziga xos xususiyatlariga hamda komponentlar orasida tabiatning boshqa hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan tipiga ega (1964). V. N. Sukachevning biogeotsenozga bergan ta'rifida, unda modda va energiya almashinuvini o'ziga xos tipining, komponentlarni dialektik birligining hamda uzluksiz rivojlanishining mavjudligi ta'kidlanadi. Biogeotsenozning xarakterli xususiyati shundaki, u band etgan hudud (yoki akvatoriya) bo'ylab biror-bir muhim biotsenotik, tuproq-geokimyoviy, geomorfologik yoki mikroiqlimiy chegara o'tmaydi. Bu xususiyat tufayli biogeotsenozning yaxlitligi, bir xilligi ta'minlanadi. N. V. Timofeev-Resovskiy va A. N. Tyuryukanov (1966) biogeotsenozni biosferaning elementar birligi deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, biosferaning eng kichik birligi bo'lgan biogeotsenozda biosferaning biokimyoviy ishi va moddiy-energetik aylanma harakati sodir bo'ladi. Biogeotsenozning birorta qismi ham bunday aylanma harakatni amalga oshira olmaydi. Biogeotsenoz gr. vios - hayot, geo-ep, koinos- umumiy degan ma'noni bildiradi. O'simliklar qavmi (fitotsenoz) va hayvonlar qavmi (zootsenoz) ning muayyan sharoitda bir biriga moslashib, kompleks holda yashashidir. Biogeotsenoz fitotsenoz, zootsenoz, geomuhit va biotopdan iborat bo'ladi. Bu termin 1948 yilda V. N. Sukachev tomonidan fanga kiritilib, biogeotsenologiyani o'rganadigan fan deb ta'riflangan edi. Biogeotsenoz so'zi mazmun jihatidan D. D. Dokuchaev, G. F. Morozov, V. M. Vernadskiylar tomonidan boyitilgan. Ba'zi olimlarning fikricha, biogeotsenoz so'zi ekosistema so'zining ma'nosini ham beradi. Ammo biogeotsenozning o'zi biotsenoz yashayotgan organizm bilan muhitni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, muhit va biosfera, yer yuzining tuzilishi tirik organizm uchun asosiy manba deb qarashga asos bo'ladi, Biogeotsenozning tirik komponentlariga o'simliklar olami, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar, yer yuzasining atmosfera qatlami va u yerda bo'ladigan gazlar almashinishi, issiqlik manbai, quyosh energiyasi, tuproq va uning tarkiblari kiradi. Biogeotsenozdagi tirik organizmlarning energiya qabul qilishiga qarab ikki gruppaga bo'lish mumkin: a) a v t o t r o f organizmlar- quyosh energiyasidan foydalanuvchi xlorofilli yashil o'simliklar (fototrof o'simliklar). Bu gruppaga kiruvchi o'simlik turlari oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o'zlari tayyolaydi. Bular ham o'z navbatida uchga bo'linadilar. a) yashil avtotroflar; bularga quruqlik, dengiz, okeanlar va barcha chuchuk suvlarda yashovchi yashil o'simliklar kiradi. b) xlorofilsiz avtotroflar; xlorofilsiz o'simliklar bo'lib, ular oltingugurt, temir bakteriyalari hamda erkin azotni o'zlashtirib azot to'plovchi bakteriyalar bo'lib, o'zlari uchun kerakli organik moddalarni o'zlari sintez qiladi (xemositez) v) parazit va saprofitlar - bular evolyutsion jarayon natijasida xlorofilini yo'qotgan, parazit hayot kechirishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga