Biosferaning rivojlanishi Reja: Biosfera, uning chegaralari va tarkibi Atmosferaning tuzilishi Litosferaning tuzilishi Gidrosfera tuzilishi Yer shariyuzasida yuqorida nomlari ta'kidlangan qattiq (litosfera), suyuq (gidrosfera) va gazsimon (atmosfera) qatlamlarda qadimdan tirik organizmlar - o'simliklar va hayvonot olami joylashgan. Barcha tirik mavjudotlar majmui yoki ximiklar tili bilan aytganda tirik modda joylashshan qatlam biosfera deb yuritiladi. Biosfera tushunchasining birinchi talqini J.B.Lamark tomonidan berilgan. U 1800 yilda o'qigan ma'ruzasida tabiatda organizmlarning tirik tanasi tarkibida anorganik moddalarning uchrashini ta'kidlaydi. Tirik organizmlar tarqalmagan erlarda minerallar deyarli uchramaydi. Binobarin o'simlik va hayvonlar yer shari sathini shakllanishida faol ishtirok etishi haqidagi fikrni alohida ta'kidlaydi (J.B.Lamark, 1955). Biosfera haqidagi g'oyani ilm ahli orasida keng tarqalishida ayniqsa A.Gumbolt ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. A.Gumbolt 1826 yilda chop qilingan «Tabiat tasviri» deb nomlangan kitobida «Hayot muhiti» tushunchasini birinchi bor fanga tadbiq etdi. Bu tushuncha zaminida atmosfera, dengiz, qit'alar hamda organik olamda sodir bo'ladigan o'zgarishlarning barchasi bir butun sistemaga birlashtirilganligi to'g'risidagi g'oya yotadi. A.Gumboltdan so'ng Ratsel (Ratzel, 1869) yer shari sathini «hayot makoni», ya'ni organizmlar oziqlanadigan makon deb ataydi. Shunday qilib, J.B.Lamarkdan so'ng fanda biosfera deganda Yer qurrasining zamon va maknda chegaralangan organizmlar majmui tushuniladi. Bu organizmlar majmui tabiatda mavjud tiriklikning garmonik birligi sifatida qaraladi. Ammo Yer sharitirik qismini o'rganish jarayonida tabiatshunos olimlarning hammasi ham biosfera masalasini bir xilda talqin qilmaganlar. Xususan Ye.M.Lavrenko biosferaning asosiy tuzilish birligi sifatida «Fitosfera» tushunchasini qo'llashni taklif etadi. O'z mazmuniga ko'ra «fitosfera» tushunchasiga yaqin «biosfera» (Yefremov, 1959) «geomerida» (Beklemishev, 1864), «biogeosenotipik qatlam» (Sukachev, 1964), «Vitasfera» (Tyuryukanov, Aleksandrova, 1969), «Biokalima» (Vassoevich, 1976) va boshqa bir qator atamalarni qo'llash taklif qilindi. Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, biosfera yer sharining hayot mavjud bo'lgan tashqi qobig'i va u planetaning barcha tirik organizmlarini o'zida mujassamlantiradi. Yer qurrasining o'lik qismi esa uning uchun yashash muhiti hisoblanadi. Masalan, yashil o'simliklarning fotosintezi mahsuli hisoblangan kislorod - biosferaga taalluqli, tirik organizmlarning hayot holatida sodir bo'ladigan jarayonlarda faol ishtirok etadigan mineral elementlar - uglerod, vodorod,azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy va boshqa shu singarilar ham biosfera tarkibiga kiradi. Biosferaning yuqori qismi atmosferaning azot qatlami bilan quyi qismi okean ostidagi chuqur biogen qatlamlari bilan chegaralanadi. Biosfera yer sharida kosmik nurlarni elektrik, kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyasiga aylantiradigan transformator ya'ni yashil o'simliklar olami yashaydigan makondir. Binobarin tabiiy muhit biosferani o'zida aks ettiradi. Biosyaera uchta asosiy komponentdan: planetar tirik qatlami organizmlar majmui; biotik almashinuvda ishtiroki muqarrar bo'lgan mineral moddalar; organizmlarning hayot faoliyati natijasida bunyodga kelgan, biologik almashinuvda vaqtincha ishtirok etmayotgan mahsulotlardan iborat. Yer sharidatarqalgan hayvonot olamining tur soni (1 mln), o'simliklar dunyosining tur ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.86 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.86 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: doc