Bir hujayrali, koloniyali va ko'p hujayrali o'simliklar Reja: Tuban o'simliklarning kelib chiqishi. Koloniya bo'lib Uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot natijasida jahon suv havzalarida ilk bor, prokariot guruhdar ora-sida shakli sharga o'xshash, bir hujayrali tuban o'simlik-lar mavjud bo'lgan. Ammo ularning qoldiqlari saqlanma-gan. Bir hujayrali fototrof tuban o'simliklar karbon (uglerod), vodorod va kislorod molekulasiga boy bo'lgan Birhujayrali va ko'phujayrali suvo'tlar: 1 - xlamidomonada; 2 - xlorokokk; 3- ulotriks; 4 - ulotriksning zoosporasi; 5- ulotriks gametalarining qo'shilishi; 6 - kladofora; 7- draparnoldiya. dengiz havzalarining o'rta qismida taraqqiy etgan va qal-qib o'sgan. Suv tagida oziq moddalarning ko'p bo'lganligi sababli bir hujayrali suvo'tlar juda tez ko'paygan. Hujay-ralar bo'linib, bir-biridan ajralmay, koloniyalar hosil qilgan. Hozirgi vaqtda yashil suvo'tlari orasida bir hujayra-li prokariot guruhidan (bakteriyalar - uvoqlilar, ko'k-yashil suvo'tlar - tsianobakteriyalar) va eukariotlar guru-hidan xlamidomonada, xlorella, xlorokokk kabilar mav-jud (1-rasm). Bir hujayrali o'simliklarning hujayrasi tsellyulo-zadan tashkil topgan po'st bilan o'ralgan. Po'stda juda mayda teshikchalar (poralar) bo'lib, shu poralar orqali hujayra ichiga suv, karbonat angidrid gazi va boshqa mi-neral moddalar o'tadi. Fototrof oziqlanuvchi o'simlik- larning hujayrasida ho^il bo'lgan organik moddalar (suvda eriydigan uglevod) hujayradan tashqariga chiqariladi va natijada o'simlik hujayrasida modda almashinuvi assi-milyatsiya - yutish, qabul qilish va dyssimilyatsiya - chiqa-rish, ajratish jarayoni sodir bo'ladi. Bir hujayrali o'simliklarning oziqlanishi tana yuzasi bo'ylab sodir bo'ladi. Shu sababli ular evolyutsiya jarayo-nida tana yuzasi yiriklashib borgan, keyinchalik yirik tana substratga (yerga) birikkan (2-rasm. 1, 2, 3) yirik va plastinkasimon tana yorug'likni, oziq moddalarni ko'proq qabul qilib, fotosintez yuzasini kengaytirgan. Suvo'tlar orasida bir hujayrali (xlamidomonada, 1-rasm, 1) sharsimon harakatchan shakldan tashqari, yuzasi ancha yiriklashgan, plastinkasimon, ipsimon, substratga birikkan va odatdagi bir yadroli hujayradan katta farq qiladigan ko'p yadroli shakllar ham rivojlangan. Bunday organizmlar hujayrasiz organizmlar deb ataladi. Bular-ga misol qilib chuchuk suvlarda o'sadigan vosheriya, dengiz-larda toshlarga yopishib o'sadigan kaulerpa, nam erlarda o'sadigan botridiumni ko'rsatish mumkin (2-rasm). Evolyutsiya jarayonida hujayrasiz tuzilishga ega bo'lgan organizmlarda funksiyalarning taqsimlanishini ko'ramiz. Masalan, oqar chuchuk suvlarda, zax erlarda va ariq bo'yla-rida yupqa yashil rang hosil qilib o'sadigan vosheriya (2-rasm, 1)ning tanasi yaxlit, go'yo bir gigant hujayradan iborat. Uning tanasi (tallomi) uzun, ipsimon dixato-mik shoxlangan bo'lib, ostidan chiqqan rangsiz va sertar- 2-rasm. Hujayrasiz suvo'tlar: 7 -vosheriya; 2 - botridium; 3 - kaulerpa moq rizoidlari (yunoncha - rizo - ildiz, eydos - shakl) yordamida substratga birikadi, jinsiy va jinssiz ko'pa-yadi. Urg'ochi jinsiy organi oogoniy va erkak jinsiy orga-ni anteridiydan iborat. Kaulerpa yashil suvo'ti yanada ham murakkabroq tuzilgan, uning uzunligi 50 sm ga etadi va bitta hujayradan iborat bo'lishiga qaramay, tanasi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.98 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.98 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: doc