Bir urug'pallalilar vakillarini o'rganish. Ikki urug' pallalilar vakillari va ularni oilalarini o'rganish Yopiq urug'li o'simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar bir pallalilar sinfiga bo'linadi. Bu sinflarning har birining o'ziga xos belgi xususiyatlari yig'indisi bilan xarakterlanadi. Bir pallalilar sinfi Reja: 1. Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif. 2. Loladoshlar oilasiga tasnif. 3. Greyg lolasi, daraxtsimon aloy 4. Piyozdoshlar oilasiga tasnif. 5. Sarimsoq piyozi 6. Sparjadoshlar oilasiga tasnif. Bir pallalilar sinfi-Monocotyledoneae. Gulli o'simliklarning bu katta sinfiga, asosan mo'tadil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o't o'simlik-lar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o'simliklar kiradi. Bir pallali o'simliklar o'ziga xos qo'yidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi 2. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib qo'shimcha ildizlari rivojlanadi. 3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba'zan to'g'risi-mon tomirlangan bo'ladi. 4. Naychalar bog'lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo'ladi va ular ko'pincha sochilib joylashadi. 5. Ko'pchilik xollarda gullari 3 bo'lakchali va besh qinrralidir. Bu sinfga mansub ko'pchilik o'simlik vakillaring urug'ida faqat bitta urug' palla bo'ladi. Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae. Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o'stiriladi. Bu oilaga mansub o'simliklar asosan o'rta iqlimli mintaqalarda, Shg'arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan. Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo'lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog'larning qo'yi qismidagi yonbag'irlarda ochiladi yirik gulli, ko'rkam o'simlik. Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko'p yillik o'simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o'simliklar ham ko'p uchraydi. Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o't haydaydigan va bakteratsid ta'sir ko'rsatadigan, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi. Amarillislar tartibi - Amarilidales. Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae Bu oilaga 32 avlod 750 tur o'simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. O'zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho'l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o't o'simligi bo'lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo'ladi. Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L. Bo'yi 100 sm gacha boradigan ko'p yillik o'tsimon o'simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo'lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Pallalari oqish rangda bo'ladigan, pardadek umumiy po'st bilan o'ralgan. Pallalari ham, o'z navbatida pushti yoki binafsha rang po'st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Boshoqdoshlar oilasi - Graminerae Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko'p yillik o'simliklar va ba'zan bo'yi bir necha metrga yetadigan daraxt o'simliklar kiradi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: pptx