Bir va ikki urug' pallali o'simliklar

Bir va ikki urug' pallali o'simliklar

O'quvchilarga / Botanika
Bir va ikki urug' pallali o'simliklar - rasmi

Material tavsifi

Darsning mavzusi : Bir va ikki urug'pallali o'simliklar Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni bir va ikki urug'pallali o'simliklar urug'ining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ekologik, gigiyenik tarbiya berish. Darsning rivojlantiriruvchi maqsadi : O'quvchilarning gulli o'simliklar haqidagi bilimlari, urug'ning o'simlik va inson hayotidagi ahamiyati,tabiiy obyektlar bilan ishlash, ularni taqqoslash, darslik bilan ishlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirish. Darsning jihozlari : Quruq va ivitilgan loviya urug'i va bug'doy doni, ninalar, qo'l lupasi, «Loviya urug'ining tuzilishi va o'sishi», «Bug'doy urug'ining tuzilishi va o'sishi» jadvallari, bug'doy donining modeli, laboratoriya jihozlari. Darsda qo'llaniladigan texnologiya : Interfaol metodlar. Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar : urug' po'sti, urug'palla, mo'rtak. Darsning borishi : tashkiliy qism : Salomlashish, davomatni aniqlash, kunning muhim yangiliklari. O'tgan mavzuni mustahkamlash va o'quvchilar bilimini baholash. 1-topshiriq. Botanikadan mustaqil o'quv-ish daftaridagi test savollariga javob bering. 1.Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o'simliklarni aniqlang? A)Tariq B)Marmarak D)Alqor E)Zupturum 2.Mevasidan dori-darmon sifatida foydalaniladigan o'simliklarni aniqlang? A)No'xat B)Murch D)Marmarak E)Kashnich 3.Mevasidan ziravor sifatida foydalaniladigan o'simlikni aniqlang? A)Bug'doy B)Marmarak D)Alqor E)Qo'noq 4.Mevasidan zeb-ziynat sifatida foydalaniladigan o'simlikni aniqlang? A)Alqor B)Yersovun D)No'xat E)Loviya 5.Qaysi o'simlik yetilmasdan tupi bilan o'rib olinadi? A)Zira B)Marmarak D)Alqor E)Bug'doy 2-topshiriq.Jadvalning chap tomonidagi o'simliklar orasidan chin va soxta meva o'simliklarni aniqlab jadvalning o'ng tomoniga yozing. 3-topshiriq.1-jadvaldagi o'smliklarga tegishli meva turlarini aniqlab 2-jadvalga tegishli raqamlarni yozing. 1-jadval. 2-jadval. II.O'quvchilar faoliyatini yangi mavzuni o'rganishga qaratish, dars mavzusini maqsadi, borishi bilan tanishtirish. IV.Yangi mavzuni o'rganish. Reja: 1.Ikki urug'pallali o'simliklar urug'ining tuzilishi. 2.Bir urug'pallali o'simliklar urug'ining tuzilishi. 3.Bir urug'pallali va ikki urug'pallali o'simliklar urug'ining tuzilishini taqqoslash. Ikki urug'pallali o'simliklarning urug'ida ikkita urug'palla va mo'rtak joylashgan. Mo'rtak ildizcha, poyacha va ikkita kichik bargchadan tashkil topgan.Shunday qilib, ikkita urug'pallaga ega bo'lgan o'simliklar ikki urug'pallali o'simliklar deyiladi. O'zbekistonda ikki urug'pallali madaniy o'simliklar orasida eng keng tarqalgani go'za hisoblanadi.G'o'zaning chigiti (urug'i) ustidan qalin yog'ochsimon qobiq bilan o'ralgan.Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya'ni tolalar joylashgan. Yog'ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po'st, uning ostida esa qat-qat bo'lib joylashgan urug'palla va mo'rtak o'rnashgan. Ikki urug'pallali o'simliklar urug'lari yer yuziga ikkita urug'palla barg bilan chiqadi. Bir urug'pallali o'simliklarning urug'i ikki urug'pallali o'simliklarnikidan keskin farq qiladi. Bir urug'pallali o'simliklarning urug'i bitta urug'palla, bo'rtakdagi boshlang'ich ildiz, poyacha va kurtakchadan tashkil topgan.Ularga bug'doy,arpa,suli,makkajo'xori kabi o'simliklar kiradi. Bir urug'pallali o'simliklarning urug'i yer yuziga bitta urug'palla barg bilan unib chiqadi. Yer yuzida eng ko'p tarqalgan bir urug'pallali o'simliklardan biri bug'doydir. Bug'doyning urug'i (doni) cho'ziq shaklda.Uning sirti yupqa sariq po'st bilan qoplangan. Bu po'st qo'shilib o'sgan ikkita qobiqdan iborat. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 722.56 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 722.56 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga