Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi RYeJA: 1. Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, ularni ishlatilishi va o'stirish agrotexnikasi. 2. Bir yillik gulli o'simliklarning guruhlanishi. 3. Bir yillik gulli o'simliklarning qisqacha ta'rifi. 4. Ikki yillik gulli o'simliklar va ularning qisqacha ta'rifi. Tayanch iboralar: manzara, guruh, ko'chat, o'simlik, tuproq, himoyalangan maydon, yashik, payvand, ochiq yer, ko'chatzor. ma'ruzachi: dotsent L.M.Karaxanova Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi Bir mavsum davomida o'zining manzaraviy qiymatiga ega bo'luvchi pishgan urug'lar beruvchi va o'suvchi o'simliklar bir yilliklar deyiladi. O'zining biologik xususiyatlari bo'yicha ular faqatgina bir yillik emas, balki ko'p yillik ham bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda bir yillik sifatida ikki yilliklar ham qo'llaniladi. Masalan, yanvar, fevral oyida ekilgan viola o'simlikning rangi, gulining va tupining shakli, gulash davomiyligining xilma-xilligi, uning rivojlanishi, ko'chirib o'tqazishning turli davrlarida yaxshi tutib ketishi va hoka'zolar tufayli bir yilliklar gulchilikda asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Bir yilliklar guruhiga ko'p yillik guldonlardan qo'llanuvchi gilamli o'simliklar ham kiradi, ularning ona tuplari oynavon issiq binoda qishlaydi va har yili vegetativ ko'payadi, ularga alternatera, geliotrop, geran, irizine, kliniya va boshqalar kiradi. Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi Ko'pgina bir yilliklar bizning yurtimizda geografik mintaqalardan introduksiyalangandir. Bir yilliklarning kelib chiqishi turlicha bo'lganligi uchun ularning o'sish sharoitlariga munosabati ham turlicha bo'ladi. Ko'pgina bir yilliklar uzoq kun o'simliklaridir (vasilek, xushbo'y no'xat, nasturtsiya va boshqalar), ammo qo'qongul, xrezantemalar qisqa kunlarda yaxshi gullaydi. Ko'pgina bir yilliklarning boshqa guruh o'simliklari singari eng qimmatbaho xususiyati - gullarining seryaproqligidir. Bir yilliklar balandligi bilan ajralib turadi. Balandligi bir metr bo'lgan o'simliklardan (kosmiya va kanakunjut), bo'yi uncha katta bo'lmagan yer ustidan salgina ko'tarilib turadigan o'simliklargacha (portulak, lobiliya va boshqalar) bo'ladi. Bir yilliklar o'sish xususiyati bo'yicha farqlanadi. Bunga ampel (nasturtsiya, chirmashuvchi xushbo'y no'xat ipomiya)dan tortib to tik turuvchi o'simliklar delfinum, lyupin, kanakunjut va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Xushbuy no'xat, lyupin, kosmeya, delfinium, vaselyok Nasturtsiya, salfiya, portulak, petuniya Bir yillik va ikki yillik gulli o'simliklarning biologik xususiyatlari, o'stirish agrotexnikasi Barcha bir yilliklar asosan urug' bilan ko'payadi, lekin bazilarini qalamcha bilan ko'paytirish ham mumkin (petuniya, xushbo'y no'xat, salfiya va boshqalar) juda ko'p bir yilliklarni bevosita ochiq yerga ekish mumkin. Bu esa ko'chat bilan etishtirishga nisbatan gul mahsuloti qiymatini malum darajada arzonlashtiradi. Ko'chat etishtirishda bir yilliklar vegetatsiya muddatlarining turlicha ekanligini hisobga olib, ularni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.46 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.46 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: pptx