Bodring va uning tarqalganligi va agrotexnikasi

Bodring va uning tarqalganligi va agrotexnikasi

O'quvchilarga / Botanika
Bodring va uning tarqalganligi va agrotexnikasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Fizika-Matematika fakulteti Mehnat ta'limi yo'nalishi 3 «A» guruh talabasi Ibrohimova Nigoraning «Qishloq xo'jaligi asoslari» fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI O'qituvchi: Rahmonov X. Qo'qon- 2015 Bodring, uni tarqalganligi va agrotexnikasi Reja: 1. Bodringning selektsiya va urug'chiligida ahamiyatga ega bo'lgan morfobiologik xususiyatlari. 2. Selektsiya yutuqlari va asosiy yo'nalishlari. 3. Urug'lik ekinlarni yetishtirish texnologiyasining xususiyat­lari. 4. Urug'larning nav va ekish sifatlarini saqlab qolish va yaxshi­lash usullari. 5. Mevalarini terish, urug'larini ajratib olish va saqlash. Bodring - Cucurbitaceal - oilasining Cucumis - avlodi C.Sativus - turiga mansub. Ochiq maydon navlarining poyalari har xil uzunlikka ega o'rmalovchi lianalardir. Uzunligi bo'yicha kalta 60 sm gacha, o'rtacha - 61-150 sm. va uzun - 150 sm dan baland poyali navlari bo'lib, poyasi­ning uzunligi bir necha santimetr kalta poyali navlari (pakana) ham mavjud. Ko'pchilik navlari monopodial tarzda shoxlanadi, o'sishning de­tirminant tipi ham bor. SHoxlanishiga qarab bodring navlari: a) kuchli shoxlanadigan (8 tadan ortiq yon shoxlar hosil qiladi), b) o'rtacha shoxlanadigan (5-8 tadan shoxlar hosil qiladi) va v) kuchsiz shoxlanadigan (1-4 shox be­radi). Sust shoxlanadigan ba'zi detirminant navlari shoxlanmaydi. Yopiq maydonlarda ekiladigan ba'zi navlar uchun shoxlanishning o'z - o'zidan idora etilishi xosdir. Ular 3 xil: 1.Poyaning uchki ko'rtagi ustunlik qilib, o'sish to'xtab qoladi, shu ko'rtak chimdib olib tashlansa keyin shoxlanish boshlanadi (Dinzo-si navi). 2.Bosh poyada birdaniga bir nechta tuguncha o'sib borishi uchun shoxlanish to'xtab qoladi. Bosh poyaning hosili yig'ishtirib olingandan so'ng shoxlanish boshlanadi (Estafeta, Syurpriz, Aprelьskiy, Zozulya va h.z). 3. Bunday o'simliklarda 2-3 bug'im hosil bo'lgandan keyin o'sishdan to'xtaydigan oxirgi (detarminant) tipdagi shoxlar chiqib, shoxlanishni to'xtatib qoladi. Ularda bosh poyaning o'sishi o'simlikka nisbatan barvaqt tugaydi. Mevalarining uzunligi bo'yicha 3-70 sm gacha, og'irligi - 20-300 gr, rangi - oqdan to'q yashilgacha, tekisligi - tekisdan qovurg'ali va ti­kanak dumboqchali bo'lishi mumkin. Bodring bir uyli ikki jinsli o'simlik erkak gullari shoda tar­zida tugunchaga birlashgan. Ularda 5 ta changchi bo'lib, ularning 4 tasi birlashib o'sgan, urg'ochi gullari yakka, ba'zan 2-3 tadan bo'lgan, urug'chali, 3 uyali, tugunchada 4-5 ta urug' hosil bo'lgan. Gullari o'simlikda unib chiqqandan 35-55 kunda ochila boshlaydi. Urg'ochi gullar erkak gullarga nisbatan 6-7 kun keyin ochiladi. O'simliklarning pastki qismida - faqat erkak gullari, o'rta qismida ham erkak va ham urg'ochi gullari, uchki qismida esa asosan urg'ochi gullari joylashadi. Katta - kichikligi va fertilligi bo'yicha (o'simlikda erkak gul) 4 xil bo'lib : Yuksak (97-98%) darajadan fertillikka ega eng yirik gul­lar. (Ular novdaning birinchi qismida bo'lib endi gulga kiriyotgan va yal­pisiga gullagan paytda hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga