Bog'larda sanitar kesish usullari va uni o'tkazish texnOlogysi Reja: Qarigan bog'larni yohartirish texnologiyasi Bog'larda oldinan hosilni aniqlash asoslari Bog'larda sanitar kesish usullari va uni o'tkazish texnologiyasi Danakli mevalarni yetishtirih va ularga shakl berish texnologiyasi Meva ko'chatlariga shakl berish,ularni parvarish qilish 1. Bog'larda yerni ishlash sistemasi. Bunda bog' qator oralaridan foydalanish, yerni ishlash, sug'orish va meva daraxtlarini o'g'itlash, mulchalash tushuniladi. Tuproqni ishlashdan asosiy maqsad uning unumdorligini muntazam oshirib borishdir. Ammo bulardan tashqari bog' qator oralaridan mumkin qadar ko'proq yuqori sifatli mahsulotlar (meva-chevalar) bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va texnik ekinlar yetishtirish uchun ham foydalanish kerak. 2. Bog' qator oralaridan foydalanish. Yosh daraxtlar dastlabki davrda maydondan to'liq foydalanmaydi. Avval daraxtlarning yer ustki qismi ko'proq bo'yiga o'sadi, ildiz sistemasi esa ko'proq chuqurga emas atrofga o'sadi. Shuning uchun daraxt taglari, atroflari boshqa ekinlardan bo'sh turishi lozim, yumshatilishi va begona o'tlardan toza bo'lishi kerak. Tana atrofidagi doira diametri shoh-shabba kengligiga qarab belgilanadi. Suv kamchil bo'lsa bahorgi sug'orishdan keyin bu doiraga, chirindi, mayda poxol, yog'och qipig'i va boshqa o'simlik qoldiqlari 10-15 sm qalinlikda solinadi, ya'ni mulchalanadi. Keyingi vaqtlarda mulcha qog'ozlardan foydalanilmoqda. Mulchaning ahamiyati: nam saqlaydi, haroratni qishda issiqroq, yozda salqinroq qiladi, mikroorganizmlar va g'ovok qiladigan chuvalchanglar ko'payadi, begona o'tlarni o'stirmaydi, chirib ketib tuproqni organik moddalarga boyitadi. Bug'lanish kamroq bo'lgani sababli zararli tuzlar yer ustki qavatlariga chiqmaydi. Mulchalanganda bog'lar kamroq sug'oriladi. Sug'orish vaqtida mulcha ochiladi va yana qaytadan yopib qo'yiladi. Qishda kemiruvchi hayvonlar daraxtlarga zarar yetkazmasligi uchun qator oralariga sochib tashlab, xaydab yuboriladi yoki bog'dan chekkaga chiqarib tashlanadi. Mulchalangan yerda hosildorlik 60 % gacha oshishi mumkin. Biroq bu ancha qimmatga tushadigan sermehnat ish. Uni birinchi galda yosh bog'larda, ko'chatzorlarda va lalmi bog'larda qo'llash mumkin. Bog' qator oralariga donli ekinlar tavsiya etilmaydi (bug'doy, suli, arpa, makkajo'xori, oq jo'xori), shuningdek poliz ekinlari ham. Bog' qator oralariga sabzavot va chopiq qilinadigan ekinlar, dukkakli don ekinlari (mosh, no'hot, ko'k no'hot, loviya) hamda ko'k o'g'it sifatida xaydab yuboriladigan ekinlar ekish tavsiya etiladi. Ayrim xollarda ko'p yillik o'tlar ekiladi yoki shudgor qilib qo'yiladi. 3. Qoplama ekinlar (sideratlar). Yerni organik moddaga boyitish uchun va tuproq strukturasini yaxshilash uchun ko'kat o'g'it sifatida vegetatsiya davri qisqa bo'lgan, ko'plab yashil massa beradigan va tuproqda azot to'playdigan bir yillik (dukkakli) o'simliklar ekiladi. Buning uchun asal beruvchi o'simliklar ham ekiladi. O'zbekistonda ko'pincha nikolson no'hoti, vigna va shabdar ekiladi. Qoplama ekinlar begona o'tlarni o'sishiga yo'l qo'ymaydi, kuzda xaydab yuborilgandan keyin, ayniqsa yengil tuproqli bog'larda daraxtlarning ildizlarini qishki sovuqdan saqlaydi. 1 ga yerda ekilgan qoplama ekinlar 250-350 s yashil massa to'playdi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: pptx