Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarini shakllantirishning metodik asoslari R e j a : 1. O'quv jarayonida tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. 2. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda tabiat vositalarining roli. 3. Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalarni shakllantirish. 4. O'quv jarayonida mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish. Tayanch iboralar: idrok, tasavvur, tushuncha, yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar, yig'ma tushunchalar, mantiqiy tafakkur, nutq, analiz, sintez. Boshlang'ich sinflarda tabiat to'g'risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat jismlari va hodisalari, o'simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatlikni muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo'jalik mehnati to'g'risidagi tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi. Bolalar maktabga kelishi bilan o'qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo'nalgan holda: tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangilarni qarab chiqishga, iloji bo'lsa ushlab ko'rishga qaratilgan tug'ma intilishdir. Shunga ko'ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirishda o'quvchiga o'rganish obyekti bilan bevosita muloqotda bo'lish imkoniyatini berishi kerak. Ekskursiyalarda, kuzatishlar vaqtida o'quvchilar kundalik hayotning narsalarini qabul qilib, ulardagi o'xshashlik va tafovut belgilarini topadilar. Ularda oddiy tushunchalar shakllanadi. Fikrlash jarayonida bolalarda aniq fikrlar vujudga keladi. (Fikrga ega bo'lish - nimanidir tasdiqlash yoki rad etish demakdir. Masalan, Bu gul qizil. Bu o'simlik-g'o'zadir). Fikr hosil bo'lishida fikrlash jarayoni: jism va hodisalarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash va umumlashtirish katta o'rin oladi. Fikr bevosita qabul qilish va tasavvurlar asosida shakllanadi. Masalan, Daraxt ildizi, tana (poya), barglar, gullar va mevalardan iboratdir degan fikr daraxtlarni kuzatish, ularning xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish, o'simlikning atalgan qismlarini taqqoslash, tegishli xulosa chiqarishga asoslangan. Fikrlash faoliyati jarayonida bolalarda atrof olam to'g'risida tushunchalar shakllanadi. Tushunchani ochib beriladigan fikrlar yig'indisi uning mazmunini tashkil qiladi. Tabiat jismlari yoki obyektlarining birortasi to'g'risida bolalar qanchalik ko'proq fikr aytsalar, tushunchalar mazmun jihatidan boyroq bo'ladi. Bu fikrlarda ifodalangan belgilar qanchalik muhim bo'lsa, shunchalik tushuncha mazmun jihatidan chuqur bo'ladi. Tabiatshunoslikni o'rganishda bolalar oladigan tushunchalar geografik (umumiy, alohida va yig'ma) va biologik (tur va avlod) tushunchalariga bo'linadi. Tabiatshunoslikda bolalar Toshkent, Sirdaryo, Tyanshan tog'lari kabi yagona tushunchalar; tog'lar, daryolar, shaharlar kabi umumiy tushunchalar; archa, qarag'ay, terak, na'matak, jasmin, kulrang quyon, oq quyon kabi tur tushunchalari; daraxt, buta, quyonlar va boshqa avlod tushunchalari bilan uchrashadilar. Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida geografik tushunchalarni biologik tushunchalar bilan bog'lanishiga e'tibor bermoq zarur. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish va ularni kichik yoshli maktab o'quvchilari tomonidan o'zlashtirilishining xususiyatlari. Tabiatshunoslik tushunchalari - bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir. Chunonchi, o'simliklar tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc