Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiat jismlari haqidagi tushunchalarni kengaytirishning o'ziga xos yo'llari

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiat jismlari haqidagi tushunchalarni kengaytirishning o'ziga xos yo'llari

O'quvchilarga / Botanika
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiat jismlari haqidagi tushunchalarni kengaytirishning o'ziga xos yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiat jismlari haqidagi tushunchalarni kengaytirishning o'ziga xos yo'llari I-Bob: Bashlang'ich sinf o'quvchilarga Tabiat jismlari to'g'risida bilimlarini kengaytirishning o'ziga xos pedagogik jihatlari. I.1. O'quvchilarni Tabiat jismlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar bilan tanishtirish. II. Bob: Bashlang'ich sinf o'quvchilarining Tabiat jismlariga doir amaliy tushunchalarni kengaytirishning o'ziga xos yo'llari . II.1. Pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o'quvchilarga Tabiat jismlariga doir dars ishlanmalari. II.2. Amaliy ishlar orqali o'quvchilarni Tabiat jismlari haqidagi bilimlarini shakilantirish. I-Bob: Bashlang'ich sinf o'quvchilarga Tabiat jismlari to'g'risida bilimlarini kengaytirishning o'ziga xos pedagogik jihatlari. Boshlang'ich sinflarda kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida atrof tabiat to'g'risida aniq tasavvurlar poydevori qo'yiladi, uning asosida kelgusi sinflarda bilimlar sistemasi (masalan, 6-sinfda botanika o'qitish uchun jonsiz tabiat to'g'risidagi bolalarning boshlang'ich maktabda olgan bilimlari alohida ahamiyatga ega bo'ladi) quriladi. Shuning bilan birga bolalarning qiziquvchanligini qondirib borish, ularning «bu nima?», «nima uchun?» kabi savollariga o'z vaqtida va mohirlik bilan javob berib borish zarur. Bolalarda atrof tabiat jismlari va hodisalariga to'g'ri munosabat hosil qilish uchun ularni o'rab olgan borliqda o'zini tuta olishga o'z vaqtida yo'naltirish g'oyat muhimdir. Bolalar erta yoshdan boshlab foydali va zararli hayvonlarning farqiga bora olishlari, yesa bo'ladigan va zaharli o'simliklarni (rezavor-meva va zamburug''larni) bilishlari, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish to'g'risida, tabiatni muhofaza qilish va takomillashtirish to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi, Quyosh va kompasga qarab tomonlarni aniqlay olish, ob-havo belgilarini bilishi, tabiatning oddiy hodisalarini tushuna olishi, yil fasllarining farqiga bora bilishi kerak. Tabiatshunoslik predmetlarini o'qitish to'g'ri yo'lga qo'yilganda bolalarga tabiatga muhabbat singdiriladi, o'simlik va hayvonlarga qiziqish vujudga keltiriladi, kuzatuvchanlik mantiqiy tafakkur va ma'noli nutq rivojlantiriladi. Tabiat hodisalarini kuzatish o'quvchilarga taqqoslash, umumlashtirish, o'z taassurotlarini og'zaki va yozma bayon qilish uchun xilma-xil aniq material beradi. O'quvchilarning jonli tabiat bilan muloqotda bo'lishi (to'qnashishi) ularning jismoniy mehnat va estetik tarbiyasi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq bu maqsadlarga erishish uchun tabiatshunoslikni o'qitish metodlarini takomillashtirish kerak bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining e'tibori o'quvchilar bilan faoliyatining tadqiqiy metodiga qaratilmog'i zarur, chunki ularga keng bilimlar beribgina qolmasdan, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatmoq lozim. Tabiat bilan tanishtirishda tadqiqiy metoddan foydalanib, o'qituvchi o'quvchilarga ular oldiga qo'yilgan vazifani anglab olishga yordam beradi. Uning rahbarligida o'quvchilar izlanish rejasini tuzadilar, faraz qiladilar, uning tekshirish usullarini o'ylab chiqadilar, kuzatishlar, tajribalar o'tkazadilar, isbotlaydilar, xulosalar chiqaradilar. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining tabiatshunoslik darslaridagi bilish faoliyatlarida ko'rgazmalilik va predmetli tasvirlar katta rol o'ynashini hisobga olib, tadqiqiy masalalarni hal qilish uchun o'quvchilar kuzatishlarining natijalaridan, tajribalarni namoyish qilishdan, o'quvchilarning ularni mustaqil o'tkazishlaridan, o'quvchilarning hayotiy tajribalaridagi ayrim vaziyatlardan, kino, video va diafilmlar ko'rsatishdan keng foydalanish zarur. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining tabiatshunoslik darslaridagi bilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 317.45 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 317.45 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga